O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xolerik temperament
Sangvinik
temperament. I.P.Pavlov sangvinik temperamentiga quyidagicha ta'rif beradi: “Sangvinik - qiziqqon. Bunday odamlar uchun qiziqarli ishlar ko'p bo'lsa, u juda sermahsul bo'ladi. Agar bunday ishlar bo'lmasa, u juda zerikarli va lanj bo'lib qoladi”. Sangvinik hayotning o'zgaruvchan sharoitlariga oson moslashib keta olishi, atrofidagi odamlar bilan muloqotga (aloqaga) kirishib keta olish darajasining yuqoriligi, muloqotmandligi bilan farqlanib turadi. Sangvinikning hissiy kechinmalari, hissiyoti oson yuzaga chiqadi va tezda o'zgaradi. Uning stereotiplari ancha harakatchan, shartli reflekslari tez mustahkamlanadi. Yangi sharoitlarda u o'zini noqulay his qilmaydi, diqqati va faoliyatini tezda boshqa narsaga ko'chira oladi, hissiy turg'un. Sangvinik tipiga mansub odamlarga tezkor qarorlar qabul qilish, irodaviy zo'r berish, diqqatning bo'linuvchanligini talab qiladigan ishlar ko'proq mos keladi. Xolerik temperament. Xolerik tip, - bu yaqqol namoyon bo'lib turgan jangari tip, jizzaki, qiziqqon. Oson va tez jahli chiqadigan tip. Bu tipga mansub odamlar biron bir ishga berilib ketar ekan, o'z imkoniyatlari, vositalari va kuchiga haddan ziyod tayanib yuboradi va oxir oqibat qattiq toliqadi, keragidan ortiqcha kuch sarflab yuboradi, u boshqa chidab (davom ettirib) bo'lmaydigan darajagacha ishlaydi. Xolerik uchun ko'tarinki hissiy reaktivlik, harakatlaridagi keskinlik va tezkor temp xos. Xolerikning noqulay sharoitlardagi ko'tarinki ta'sirlanuvchanligi, uning serjahlligiga va hatto tajovuzkorligiga asos bo'lishi ham mumkin. Tegishli (o'rinli) motivatsiya bo'lgan hollarda xolerik ishga katta ishtiyoq bilan kirishib, ancha og'ir qiyinchiliklarni ham yenga oladi. Uning uchun kayfiyatni keskin o'zgartira olish xosdir (xarakterlidir). Xolerik temperamentiga mansub odam ko'tarinki reaktivlik va bir vaqtning o'zida kuchli irodaviy zo'riqishni talab qiladigan faoliyat turlarida samarali xizmat qiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling