O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Totalitarizm sharoitida odamning shaxsiy va ijtimoiy hayotida qarama-
qarshiliklar yuzaga keladi - shaxsning psixologik bo'linishi ro'y beradi. Inson 
mohiyatining eng oliy darajada namoyon bo'lishi to'xtab qoladi. Ko'pchilik 
odamlar uchun o'zlarining hayot yo'li ularning shaxsiy kamolotiga intilishini 
bildirmay qo'yadi. Shaxs, “jamiyat, davlat” tomonidan tayyor holda taqdim etilgan 
g'oyaga qanchalik ko'p beriladigan bo'lsa, u shunchalik kam individuallashgan
ommaviy intilishlarning umumiy oqimiga shunchalik ko'p beriluvchan bo'ladi - 
shaxsning avtoritar - tobe toifasi shakllanadi. 
Quyidagilar bu toifa shaxslarning umumiy sifatlari bo'lib hisoblanadi:
- konventsionalizm - dogmatik (qotib qolgan) me'yor va qoidalarni 
tanqidsiz (ko'r-ko'rona) qabul qilish; 
- dogmatik talablarni hamisha va hamma joyda bajarishga xavotirlik 
darajasida tashvishlanish;
- sodiq fuqarolik
avtoritar tobelik - rasmiy hukumat oldida ta'zim qilish, sajda qilish; 
- siyosiy yetakchilarni notanqidiy ideallashtirish, ularning o'rnini 
boshqalar bosa olmasligiga ishonish;
- avtoritar tajovuzkorlik - boshqacha fikrlovchi barcha odamlarni 
yoqtirmaslik;
- etnotsentrizm - umumjahon tarixiy jarayonida o'z millatining rolini 
haddan tashqari orttirib baholash, boshqa millatlarni salbiy sifatlar bilan kamsitish;
- rigidlik, tafakkurning qoloqligi, o'z mulohazalari baholarida e'tirozga yo'l 
qo'ymaslik, opponetlarni tushunishga, muloqot, munozaralar olib borishga 
noqodirlik ;
- faqat o'z guruhi vakillarininggina axloqiy pokligiga shubha qilmaslik, 
korporativ va tegishli tabaqalarga taaluqli ekanligi orqali o'zini-o'zi ta'kidlash, 
kalondimog'lik va mazkur korporatsiyaga kirmagan odamlarga dushmanlarcha 
munosabatda bo'lish; 
deprofessionalizatsiya, ijtimoiy javobgarlik va chuqur bilim, omilkorlikni 
(kompetentlikni) yo'qotish. 


82 
Totalitar rejimning “shaxsiy mahsuloti” shunaqa bo'ladi. Totalitarizmning 
ijtimoiy psixologik to'riga ko'proq psixologik qaramlikka (tobelikka) - 
konformizmga moyilligi yuqori bo'lgan odamlar tushadi. Ular o'z ongi 
mifologizatsiyasiga qarshi tura olmaydilar, g'oyaviy-mafkuraviy zaharlanishga 
osongina beriladi. Bunday vaziyatda “g'oya” qanchalik sodda va tushunarli bo'lsa, 
unga xayrxohlar shunchalik ko'p bo'ladi. Agar bu “g'oya” yana serdaromad ham 
bo'lsa, unda hatto katta e'tiqodliylik uchun kurash ham boshlanadi.
Muayyan bir shaxsning mazmuniy jihatlarini tahlil qilmay turib, uning 
atrofidagilar, atrof muhit bilan o'zaro munosabati mexanizmlarini tushunish 
mumkin emas. Har bir odamning hayotiy makoni, o'z hayot “texnikasi”, o'ziga-o'zi 
yuklagan majburiyatlari, o'zining yaqin intilishlari va e'tiqodlari bo'ladi. 
Shaxs olamni o'zi qanday tushunishini o'zicha tartibga solishga, olamni o'zi 
uchun tushunarli va oldindan ko'ra biladigan qilishga intiladi. O'z turg'unligini 
ta'minlash (ushlab turish) uchun, u hatto o'zini o'zi aldashga ham borishi mumkin. 
Shaxs uchun, uning sub'ektiv olamini, uning mavjudligi mohiyatini buzish - umid 
va e'tiqodlarini barbod qilinishidan ortiq fojia bo'lmaydi.
Hayotiy qiyinchiliklar barcha odamlarda yuzaga keladi. Lekin, faqat yuqori 
darajada moslashgan individlargina og'ir vaziyatlarni o'zgartira olishga, psixologik 
himoya mexanizmlaridan foydalana olishga, qadriyatli istiqbollarda to'g'ri yo'lni 
topa olish, yangi hayotiy istiqbollarni ko'ra olishga, psixologik shikast yetkazishi 
mumkin bo'lgan vaziyatlarni yumshata olishga qodir bo'lishi mumkin. Buning 
uchun individning ongi kontseptual qayta qurishlarga tayyor bo'lishi kerak.
Hayotiy kataklizmlar (ijtimoiy hayotdagi keskin o'zgarishlar) vaziyatida, har 
qanday sharoitlarga moslashishga qodir individlar, o'zini-o'zi boshqarishning yangi 
tizimiga o'tadi. Barcha murakkab hayotiy vaziyatlarda odam o'zini qutqaruvchi 
imkoniyatni, yangi hayotiy tayanchni ko'ra olishi mumkin. Uning strategik qayta 
yo'nala olishga qobiliyatsizligi fojia bilan tugashi mumkin.
Taqdir gohida shunday og'ir zarbalar beradiki, u odam xarakterini, uning 
butun qadriyatli boshqaruv tizimini o'zgartirib yuborishi mumkin. “Qayg'u-
g'amdan ustunlik qila oluvchi”, taqdirning har qanday zarbalariga psixologik 
tayyor odamlar, hayotga chidamliligining yuqori ekanligini namoyon qiladi. Faqat 
“hayot quvonchlarigagina” yo'nalgan, hayotdan faqat quvonchlarnigina kutgan 
odamlar, ko'pincha hayotda sinib qoladilar. Kuchli shaxslar o'z ideallariga xiyonat 
qilmagan holda, o'ziga shaxs sifatida ziyon yetkazmay o'zlarini qayta qura olishga 
qodir bo'ladilar. 
Umumiy ko'rinishda odamlar: 1) eksternallar - barcha muvaffaqiyat-
sizliklarda tashqi shart-sharoitlarni ayblovchilar va 2) internallar - o'z 
muvaffaqiyatsizligida dastavval o'zlarini ayblaydiganlarga farqlanadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling