O'zbekiston respublikasi profi universitety


 §. Shaxsning ijtimoiylashuvi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

2 §. Shaxsning ijtimoiylashuvi 
Shaxsning ijtimoiylashuvi (lot. socialis - ijtimoiy) - shaxs tomonidan 
ijtimoiy qadriyatlar va ijtimoiy ijobiy xulq usullarini o'zlashtirib olish asosida 
hayotiy faoliyatga qobiliyatining shakllanishidir. 
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs ijtimoiy me'yorlarni o'zlashtiradi, ijtimoiy 
rollarni bajarish (ijro etish) usullarini, ijtimoiy xulq, ko'nikma, malakalarini 
egallaydi. Ijtimoiylashuv - shaxsning ijtimoiy voqelikni o'zlashtirishidir. 


77 
Shaxsning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi omillar haqidagi ma'lumotlar 
quyidagi (13-rasm) rasmda aks ettirilgan.
Quyidagilar shaxsning ijtimoiylashuvi manbalari bo'lib xizmat qiladi:
-ilk bolalik tajribasi - psixik funktsiyalar va xulqning elementar shakllarining 
tarkib topishi (ilk yoshlarda shaxs shakllanishidagi ayrim yo'qotishlarning o'rnini 
to'ldirish keyinchalik (katta yoshlarda) juda qiyin bo'ladi);
- ijtimoiy institutlar - ta'lim - tarbiya va ma'orif tizimi; 
- faoliyat va muloqot jarayonida odamlarning o'zaro ta'siri. 
 
13-rasm. Shaxsning ijtimoiylashuvi omillari 
Ijtimoiylashuv - individga “tayyor ijtimoiy shakllar”ni yuklash mexanizmi 
emas, balki ma'lum bir ijtimoiy sharoitlar bilan rag'batlantiriladigan, shaxsning faol 
o'zini-o'zi qurish (tuzish) jarayonidir. Ijtimoiylashuv shaxsga jamiyatning to'laqonli 
(teng huquqli) a'zosi sifatida yashash imkoniyatini beradi.
Individning ijtimoiylashuvi unda ijtimoiy qadriyatlarga nisbatan adekvat 
munosabatlarni shakllantirish (ishlab chiqish) bilan bog'liq. Moda (urf, rusum), 
iste'molchilik yo'nalishlari esa o'zgaruvchandir. Dunyoqarashlar, hayotiy 
pozitsiyalar, umuminsoniy madaniyatlarning qadrliligi ancha turg'un hisoblanadi. 
Katta hayotga kirar ekan, har bir avlod o'z muammosiga duch keladi. 
Shuning uchun, ijtimoiylashuv yangi avlodni eski ijtimoiy qadriyatlar va 
an'analarga “moslashtirishni” bildirmaydi. Agar otalar o'z bolalaridan xuddi 
o'zidek odamni tarbiyalashni uddalaganlarida edi, unda tarixiy jarayon 
rivojlanishdan to'xtagan bo'lar edi. Ijtimoiylashuv - bu o'sib kelayotgan avlod 
tomonidan kishilik jamiyatida to'laqonli yashab ketishi uchun zarur bo'lgan 
ijtimoiy-psixologik mexanizmlarni o'zlashtirib olinishidir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling