O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

xususiyatlar mavjud. Barcha odamlarda ikkinchi signal sistemasi birinchi signal 
sistemasidan ustunlik qiladi. Bu ustunlik darajasi esa bir xil emas. Bu 
I.P.Pavlovning odam oliy nerv faoliyatini uch tipga: 1) fikrlovchi tip; 2) badiiy 
tip; 3) o'rta (aralash) tiplarga bo'lishiga asos bo'ldi. 
Fikrlovchi tipga, ikkinchi signal sistemasi, birinchi signal sistemasidan 
ancha ustun bo'lgan odamlar kiradi. Unday odamlarda abstrakt tafakkur ko'proq 
rivojlangan bo'ladi (matematiklar, faylasuflar); ularda voqelikni bevosita aks etish 
yetarlicha oydin, ravshan bo'lmagan obrazlarda amalga oshadi. 
Badiiy tipga ikkinchi signallar sistemasining birinchi signallar sistemasidan 
ustunligi kam bo'lgan odamlar kiradi. Ularga jonlilik, konkret obrazlarning 
oydinligi, aniq, ravshanligi xos (rassomlar, yozuvchilar, artistlar, konstruktorlar, 
ixtirochilar va boshq.) 


72 
O'rta, yoki aralash tipga oldingi ikki tiplar o'rtasida oraliq holatni 
egallagan odamlar kiradi. 
Ikkinchi signallar sistemasining birinchi signallar sistemasidan haddan 
tashqari ustunligi, uni birinchi signallar sistemasidan ajratib qo'yilishi odamning 
ma'qul bo'lmagan sifati hisoblanadi. 
“Shuni yodda tutish kerakki - degan edi I.P.Pavlov, - ikkinchi signallar 
sistemasi birinchi signallar sistemasi orqali va unga bog'liq holda ahamiyatga
mazmunga ega bo'ladi. Agar u birinchi signallar sistemasidan ajratib qo'yilsa 
(ajralib qolsa), unda siz quruq gap, ezma odamga aylanib qolasiz va hayotda o'z 
o'rningizni topa olmaysiz”. 
Birinchi signallar sistemasi haddan tashqari ustun bo'lgan odamlarda, 
odatda, abstraktsiyalashga, mavhumlashtirishga, nazariylashtirishga moyillik kam 
rivojlangan bo'ladi. 
Shunday qilib, biz yuqorida I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi 
asosiy ta'limotlari bilan tanishib chiqdik. Bu ta'limotlarning ko'pchiligi hozir ham 
o'z mohiyatini yo'qotgani yo'q. Biroq, ularning ayrimlari keyinchalik buyuk 
fiziologning shogirdlari va izdoshlari tomonidan yanada oydinlashtirildi va 
rivojlantirildi. 
Oliy nerv faoliyatini hozirgi vaqtda tadqiq etish, miya ishining yaxlit tadqiq 
qilishga integral yondoshishning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. 


73 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling