O'zbekiston respublikasi profi universitety


Tormozlanish tashqi va ichki bo'ladi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Tormozlanish tashqi va ichki bo'ladi. Masalan, auditoriyada ma'ruza 
tinglab turgan talabaga to'satdan qandaydir bir yangi kuchli qo'zg'atuvchi ta'sir 
qilsa, unda u tinglab o'tirgan ma'ruzasidan chalg'ib, o'z diqqatini unga ta'sir 
etayotgan yangi qo'zg'atuvchiga qaratadi, ya'ni uning oldingi faoliyati ayni vaqtda 
tormozlanib qoladi. Bu tashqi (shartsiz) tormozlanishdir. Bu holatda qo'zg'alish 
o'chog'ining yuzaga kelishi teskari induktsiya qonuniga ko'ra qobiqning boshqa 
qismlarida tormozlanishni yuzaga keltiradi. Shartli refleksning so'nishi, ichki 
yoki shartli tormozlanish turlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Tormozlanishning bu 
turi, oldin ishlab chiqilgan reaktsiyalarni, agar ular yangi sharoitda kerak bo'lmay 
qolsa so'nib ketishiga olib keladi. 
Tormozlanish miyaning haddan tashqari ortiqcha qo'zg'alishi tufayli ham 
yuzaga keladi. Tormozlanishning bu turi soqchi (qo'riqchi) tormozlanish 
deyiladi. 
Tormozlanishning ichki ko'rinishiga miya qobig'ining analitik faoliyati, 
o'zining xususiyatlariga ko'ra bir-biriga yaqin bo'lgan predmet va hodisalarni 
farqlay olish qobiliyati ham asoslanadi. Masalan, hayvonda ellipsga shartli refleks 
shakllantirilgan bo'lsa, u boshlanishida ellipsga va aylanaga ham munosabat 
bildiraveradi. Bunda o'xshash qo'zg'atuvchilarni umumlashtirish, generalizatsiya 
hodisasi ro'y beradi. Lekin, agar ovqat qo'zg'atuvchisidan oldin doimo ellips 
ko'rsatilinaversa va aylananing ko'rsatilishi mustahkamlanmasa, unda hayvon asta 
sekinlik bilan ellipsni aylanadan farqlay (differentsiatsiya qilib) boradi (aylanaga 
reaktsiya tormozlanadi). Tahlil (analiz), differentsiatsiyalash asosida yotadigan 
tormozlanishning bu turi, differentsiyalovchi tormozlanish deb ataladi. U 
hayvonning xatti-harakatini oydinlashtiradi, uni atrof muhitga yanada ko'proq 
moslashuvchan qiladi. 
Bosh miya qobig'i ishidagi sistemalilik (dinamik stereotip). Tajribalar 
shuni ko'rsatadiki, agar itda ma'lum bir ketma-ketlikda takrorlanib turadigan turli 
qo'zg'atuvchilarga qator reflekslar shakllantirilsa, unda hayvon ma'lum bir vaqt 
o'tishi bilan birinchi qo'zg'atuvchi ta'sir etishi bilanoq javob reaktsiyalarining 
barcha tizimini esga tushiradigan bo'lib qoladi. Bu reaktsiyalarning ma'lum bir 
ketma-ketligining qat'iy (qattiq) mustahkamlanib qolishi dinamik stereotip 
deyiladi (grekchadan “stereos” - qattiq va “typos” - tamg'a, iz). 
Organizm stereotip (qat'iy) takrorlanib turadigan tashqi ta'sirlarga 
reaktsiyalar tizimini ishlab chiqish bilan moslashib boradi. Dinamik stereotip - 
odamni ko'plab psixik faoliyati, masalan ko'nikmalari, odatlari, o'zlashtirgan 
ehtiyojlari va boshqalarning fiziologik asosi bo'lib hisoblanadi. Dinamik 
stereotiplar kompleksi o'zida shaxs xulqining turg'un xususiyatlarining fiziologik 
asosini namoyon qiladi.


69 
Dinamik stereotip, miya ishining maxsus tamoyili – sistemaliligining 
ifodalanishi hisoblanadi. Bu tamoyil shundan iboratki, miya muhitning murakkab 
kompleks ta'siriga, qator bir-biridan ajratilgan ayrim qo'zg'atuvchilarga bo'lgan 
reaktsiya sifatida emas, balki yaxlit sistemaga nisbatan bildirilgan munosabat 
sifatida reaktsiya qiladi. Tashqi stereotip - mustahkamlanib qolgan ta'sirlar ketma-
ketligi ichki nerv-dinamik stereotipda aks ettiriladi. Barcha yaxlit predmetlar va 
hodisalar tashqi stereotiplar (ular hamma vaqt belgilarning ma'lum bir majmuini 
tashkil qiladi) hisoblanadi (odatlanib qolingan vaziyat, voqealar, turmush tarzining 
ketma-ketligi va sh.k.). 
Odatlanib qolingan stereotiplarning buzilishi, hamisha og'ir asabiy 
zo'riqishlarga olib keladi (sub'ektiv ravishda bu zerikish, siqilish, nervozlik, 
asabiylashuv, jahldorlik va sh.k.larda ifodalanadi.). Eski stereotiplarning buzilishi 
qanchalik murakkab bo'lmasin, yangi sharoitlar, yangi stereotiplarni shakllantiradi 
(shuning uchun ham u dinamik deb ataladi). Shakllangan yangi stereotip ko'p 
martalab, 
qayta-qayta 
takrorlanaverishi 
natijasida 

yanada 
ko'proq 
mustahkamlanib boradi va o'z navbatida qiyin o'zgaradigan bo'lib qoladi.
Dinamik stereotiplar keksa yoshdagilarda, nerv faoliyati kuchsiz tipli, nerv 
jarayonlari harakatchanligi past odamlarda ayniqsa turg'un bo'ladi. 
Odatlanib qolingan xatti-harakat tizimi, nerv ishini yengillashtirilishini 
yuzaga keltirar ekan, ijobiy hissiyotlar ko'rinishida sub'ektiv his qilinadi. Buni 
I.P.Pavlov “Stereotiplarning ustanovkalashuvi jarayoni, ustanovkaning nihoyasiga 
yetishi, stereotipning qo'llab-quvvatlanishi va uning buzilishi sub'ektiv xilma-xil 
bo'lgan ijobiy va salbiy hissiyotlarning o'ziga xos ko'rinishidir” - deb ta'kidlaydi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling