O'zbekiston respublikasi profi universitety
qo'zg'alish va tormozlanish
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qozgalishning kontsentratsiyasi qonuni
- Tormozlanish jarayoni
qo'zg'alish va tormozlanishning o'zaro aloqasida amalga oshadi. Bu jarayonlar
quyidagi qonunlarga bo'ysunadi. Qo'zg'alishning irradiatsiya qonuni. Juda kuchli (shuningdek, juda kuchsiz) qo'zg'atuvchilar organizmga uzoq muddat ta'sir etib turganida irradiatsiyani - qo'zg'alishni katta yarim sharlar qobig'ining katta qismiga tarqalishini yuzaga keltiradi. Faqat o'rtacha kuchlanishdagi optimal qo'zg'atuvchilar qat'iy joylashgan qo'zg'alish o'choqlarini yuzaga keltiradi va bu muvaffaqiyatli faoliyat uchun muhim sharoit yaratadi. Qo'zg'alishning kontsentratsiyasi qonuni. Bosh miya qobig'ining ma'lum bir punktidan boshqa zonalar bo'ylab tarqalib ketgan qo'zg'alish, vaqt o'tishi bilan yana o'zi dastavval yuzaga kelgan joyda jamlana boradi. Bu qonun, bizni faoliyatimizning asosiy sharti - diqqatning (ongning faoliyatni alohida ob'ektlarida jamlanishi) asosida yotadi. Qo'zg'alishning kontsentratsiyalanishi jarayonida, miya qobig'ining ma'lum bir qismlarida uning tormozlanish bilan funktsional o'zaro aloqasi amalga oshadi, bu esa normal analitik-sintetik faoliyatni ta'minlaydi. Nerv jarayonlarining o'zaro induktsiya qonuni. Bir nerv jarayoni o'chog'i atrofida hamma vaqt teskari belgili jarayon yuzaga keladi. Agar qobiqning bir qismida qo'zg'alish jarayoni paydo bo'lsa, uning atrofida induktiv ravishda tormozlanish jarayoni yuzaga keladi. Qo'zg'alishning kontsentratsiyasi qanchalik jadal bo'lsa, tormozlanish jarayoni ham shunchalik jadal va keng tarqaladi. Bir vaqtdagi induktsiya bilan bir qatorda nerv jarayonlarining davom etadigan induktsiyasi - miyaning aynan shu qismida nerv jarayonlarining davomli almashinuvi ham mavjud bo'ladi. Faqat qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining normal nisbatigina atrof muhitga mos bo'lgan xulqni ta'minlashi mumkin. Bu jarayonlar o'rtasidagi muvozanatning buzilishi, ulardan birining ikkinchisidan ustunligi, xulqning psixologik boshqarilishida sezilarli buzilishlarni yuzaga 68 keltiradi. Shunday qilib, tormozlanishning ustunligi, uning qo'zg'alish bilan yetarlicha o'zaro muno-sabatda bo'lmasligi, organizm faolligining pasayishiga (to uxlab qolishgacha) olib keladi. Qo'zg'alishning ustunligi, tartibsiz xaotik faoliyatda, faoliyat samaradorligini pasaytiruvchi ortiqcha yelib yugurishlarda namoyon bo'lishi mumkin. Tormozlanish jarayoni - bu faol nerv jarayonidir. U qo'zg'alish jarayonini chegaralab va ma'lum bir o'zanga yo'naltirib turadi, qo'zg'alishning kontsentratsiyasi, jamlanishiga yordam beradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling