Refleks - organizmning tashqi yoki ichki ta'sirlarga markaziy nerv
sistemasi orqali (ishtirokida) beradigan javob reaktsiyasidir.
“Refleks” atamasi ilmiy muomalaga (fiziologiyaga) frantsuz olimi Rene
Dekart tomonidan XVII asrda kiritilgan. Biroq psixik faoliyatni tushuntirib berish
uchun, u faqat 1863 yili rus materialistik fiziologiyasining asoschisi I.M.Sechenov
tomonidan qo'llanilgan. I.M.Sechenovning ta'limotlarini rivojlantirar ekan,
I.P.Pavlov refleksning amal qilishi, ishlash xususiyatlarini eksperimental yo'llar
bilan tadqiq qildi.
Barcha reflekslar ikki guruhga: shartli va shartsizga farqlanadi.
Shartsiz reflekslar - organizmning hayot uchun muhim bo'lgan ta'sirlar
(qo'zg'atuvchilar)ga nisbatan beradigan tug'ma javob reaktsiyalaridir (ovqatga,
xavf-xatarga va sh.k.). Ular o'zlarining shakllanishi va ishlab chiqilishi uchun
qandaydir bir maxsus sharoitlar talab qilmaydi (masalan, kipriklarni yumish
refleksi, ovqatni ko'rganda so'lak ajralishi va sh.k.)
Shartsiz
reflekslar
o'zida
organizmning
tabiiy
tayyor,
stereotipli
reaktsiyalarini namoyon qiladi. Ular mazkur hayvon turining uzoq muddat davom
etgan evolyutsion taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan. Shartsiz reflekslar bir
turning barcha vakillari uchun bir xil bo'lib, ular instinktlarning fiziologik
mexanizmlarini tashkil qiladi. Biroq odam va yuqori darajada rivojlangan
hayvonlar xulqi nafaqat tug'ma, ya'ni shartsiz reaktsiyalar bilangina emas, balki
mazkur organizmning individual hayoti jarayonida o'zlashtirgan reaktsiyalar bilan,
ya'ni shartli reflekslar bilan ham xarakterlanadi.
Shartli reflekslar - organizmni muhitning o'zgaruvchan sharoitlariga
moslashuvchi fiziologik mexanizmidir.
Shartli reflekslar - organizmning tug'ma emas, balki turli hayotiy
vaziyatlarida shakllangan, ishlab chiqilgan reaktsiyalaridir. Ular hayvon uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |