O'zbekiston respublikasi profi universitety


Shaxsiy ongsizlikka taalluqli bo'lgan hodisalar - ongsiz hodisalarning


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Shaxsiy ongsizlikka taalluqli bo'lgan hodisalar - ongsiz hodisalarning 
uchinchi tipini tashkil qiladi. Bular - senzura ta'siri ostida odam ongi sferasidan 
siqib chiqarilgan xohishlar, fikrlar, niyatlar, istaklar, ehtiyojlardir. 
Ongsizlik hodisalarining har bir tipi odam xulqi va uni ongli boshqarilishi 
bilan turlicha bog'langan. Ongsizlikning birinchi toifasi (tipi) xulqni psixik 
boshqarishni umumiy tizimidagi oddiy normal zveno hisoblanadi va ma'lumotlarni 
sezgi organlaridan yoki xotirada saqlanadigan joyidan ongga (bosh miya qobig'iga) 
harakatlanishi yo'lida yuzaga keladi. Ongsizlikning ikkinchi tipini ham shu yo'ldagi 
ma'lum bir bosqich deb, biroq bu harakatni teskari tomonga: ongdan ongsizlikka
jumladan xotiraga harakatlanish, deb qarash mumkin. Ongsizlikning uchinchi tipi 
motivatsion jarayonlarga tegishli va ular turli yo'nalishli, axloq nuqtai nazaridan 
nizoli motivatsion an'analar to'qnashuvida yuzaga keladi. 
5 §. Psixikaning neyrofiziologik asoslari 
Psixika bosh miya katta yarim sharlari qobig'i faoliyatining mahsuli 
hisoblanadi. Bu faoliyat oliy nerv faoliyati (ONF), deb ataladi. I.M.Sechenov, 
I.P.Pavlov va ularning izdoshlari tomonidan ochilgan oliy nerv faoliyati tamoyillari 
va qonunlari hozirgi zamon psixologiyasining tabiiy ilmiy asosi hisoblanadi. Oliy 
nerv faoliyati qonuniyatlari bilan tanishib chiqishdan oldin, nerv sistemasining 
tuzilishi va funktsiyalari bilan tanishib chiqish lozim. 
Nerv sistemasining tuzilishi va funktsiyalari. Nerv sistemasi markaziy, 
periferik va vegetativ nerv sistemalariga farqlanadi. Markaziy nerv sistemasiga 
bosh miya va orqa miya kiradi. Ulardan butun tana bo'ylab nerv tolalari - 
periferik va vegetativ nerv tizimlari (sistemasi) tarqaladi. Periferik nerv sistemasi, 
bosh miyani - sezgi organlari va ular orqali tashqi olam bilan bog'laydi. Vegetativ 
nerv sistemasi esa, miyani ichki, ijrochi organlar - muskullar va sekretsiya bezlari 
bilan, ya'ni miyani odamning ichki olami bilan bog'laydi. 
Barcha tirik organizmlar atrof muhitda ro'y beradigan jismoniy va ximiyaviy 
o'zgarishlarga 
munosabat 
bildirishga 
qodir 
bo'ladi. 
Tashqi 
muhitdagi 
qo'zg'atuvchilar (yorug'lik, tovush, hid, badanga tegish va sh.k.) maxsus his 
qiluvchi hujayralar (retseptorlar) yordamida nerv impulьslariga - nerv tolalaridagi 
qator elektrik va ximik o'zgarishlarga aylantiriladi. Nerv impulьslari sezuvchi
markazga intiluvchi (afferent) nerv tolalari orqali orqa va bosh miyaga uzatiladi. 
Bu yerda qo'zg'atuvchi ta'sir xarakteriga mos ravishda buyuruvchi (komanda 
qiluvchi) impulьslar ishlab chiqariladi, ya'ni “ma'lumotlar qayta ishlanadi” va ular 
markazdan qochuvchi, motor (efferent) nerv tolalari orqali ijrochi, ishchi 


64 
organlarga (muskullar, bezlarga) uzatiladi. Bu ijrochi organlar - effektorlar 
deyiladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling