O'zbekiston respublikasi profi universitety
oldin jamoa ongi, undan so'ng individual ong yuzaga keladi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Soz-tushuncha
oldin jamoa ongi, undan so'ng individual ong yuzaga keladi, rivojlanishning
bunday ketma-ketligi nafaqat ongning filogenezi uchun, balki ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi zaminida va uning mavjud bo'lishi sharoitida, shu jamoa ongini o'zlashtirish (interiorizatsiya, sotsializatsiya) yo'li bilan shakllanadi. Odam ongining rivojlanishi uchun faoliyatning mahsuldor va ijodiy xarakterga egaligi juda muhim ahamiyat kashf etadi. Ong odam tomonidan nafaqat tashqi olamni, balki o'zini-o'zi, o'zining sezgilari, obrazlari, tasavvur va hissiyotlarini anglanishini taqozo etadi. Bu esa odam uchun o'z psixologiyasini “ko'rish” imkoniyatini beradi. Odam ongi, rivojlanishining boshlanishida tashqi olamga qaratilgan bo'ladi. Odam o'zidan tashqarida bo'lgan narsalarni unga tabiatan berilgan sezgi a'zolari orqali ko'radi, ularni unga bog'liq bo'lmagan alohida narsalar sifatida idrok etadi. Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya'ni odam o'zi, o'zi uchun bilish ob'ekti bo'lishi mumkinligi yoki kerakligini anglashi yuzaga keladi. Ongning filo- va ontogenezda rivojlanish bosqichlarining ketma-ketligi shunday tarzda kechadi. Bu birinchi yo'nalishni, ongning rivojlanishidagi refleksiv yo'nalishi deb aytish mumkin. Ikkinchi yo'nalish, tafakkurning rivojlanishi va fikrning so'z bilan asta sekin birlashishi bilan bog'liq. Odam tafakkuri rivojlanar ekan, tobora buyumlar, narsalarning mohiyatiga kirib boraveradi. Shu bilan parallel ravishda erishilgan bilimlarni belgilash uchun foydalanilinadigan til rivojlanadi. Tildagi so'z yanada chuqurroq mazmun bilan to'yinib boradi va nihoyat rivojlanish ilmiy darajaga yetganida u tushunchaga aylanadi. So'z-tushuncha bu ongning birligidir, u yuzaga keladigan yo'nalish (o'zan)ni esa tushunchali deb atash mumkin. Har bir yangi tarixiy davr o'z zamondoshlarining ongida o'ziga xos aks ettiriladi, va odamlar yashayotgan tarixiy davrning o'zgarishi bilan ularning ongi ham o'zgaradi. 60 Shunday qilib, ongni rivojlanishining filogenezini tarixiy rakursda tasavvur qilish mumkin. Lekin, agar odamlar tomonidan yaratilgan madaniyat asarlari orqali individ o'zidan oldin yashab o'tgan xalqlar psixologiyasiga chuqurroq kirib boradigan bo'lsa, odam ongining ontogeneztik rivojlanishiga nisbatan ham, xuddi shunday deyish adolatlidir. Ongning rivojlanishidagi bu yo'nalishni tarixiy deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. Insoniyat tarixining hozirgi vaqtida, odamlar onggi jadal taraqqiy etib bormoqda, bu taraqqiyot madaniy, ilmiy-texnik jarayonlarning jadallashuvi bilan bog'liq ravishda rivojlanib boradi. Odamning o'zida va atrof olamida anglanilayotgan jihatlarning kengayib borishi, inson ongini yanada rivojlanishining bosh yo'nalishi bo'lib boradi. Bu o'z navbatida, moddiy va ma'naviy vositalarni ishlab chiqishning takomillashuvi bilan, dunyoda ro'y berayotgan iqtisodiy - ijtimoiy o'zgarishlar, inqiloblar bilan bog'liq. Bunday o'tishning dastlabki alomatlarini biz hozirgi kunlardanoq seza boshlayapmiz. Bu - turli xalqlar va mamlakatlarni iqtisodiy farovonligining ortishi, ularning ham xalqaro, ham ichki arenadagi g'oyalari va siyosatining o'zgarishi, odamlarning bir-birlari bilan bo'ladigan o'zaro muloqotlarida diniy, madaniy va axloqiy qadriyatlarning ahamiyatini ortishi va sh.k. Shularga parallel ravishda odamning hayot sirlarini, makro- va mikroolam sirlarini o'rganib borishi kuzatiladi. Fan olamida erishilgan yutuqlar tufayli odamning bilish va o'zini boshqarish doirasi, o'z ustidan va olam ustidan hukmronlik qilish doirasi kengayib bormoqda, odamning ijodiy imkoniyatlari va shu bilan bog'liq ravishda odamlarning onggi ham sezilarli darajada o'sib bormoqda. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling