O'zbekiston respublikasi profi universitety
tasavvur qilish mumkin emas
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
tasavvur qilish mumkin emas.
Biz yuqorida qisman to'xtalib o'tganimizdek, odam ongining yuzaga kelishi va rivojlanishi, uni mavjudligining ijtimoiy davrida amalga oshgan. Odam ongining yuzaga kelishi va rivojlanishining asosiy sharti bo'lib odamlarning hamkorlikdagi, nutq bilan bevosita bog'liq holda amalga oshiradigan mahsuldor qurolli (mehnat quroli) faoliyati hisoblanadi. Bu shunday faoliyatki, u odamlarning bir-biri bilan kooperatsiyasini, muloqotini va o'zaro munosabatini talab qiladi. U hamkorlikdagi faoliyatning barcha ishtirokchilari tomonidan, ular 59 hamkorligining maqsadi sifatida anglaniladigan mahsulotni yaratishni taqozo qiladi. Individual ong, odamlarning insoniyat tarixi tongida, jamoa bo'lib faoliyat ko'rsatish jarayonida yuzaga kelgan. Chunki, odamlar birgalikda biron-bir faoliyat bilan shug'ullanish uchun ularning har biri shu hamkorlikdagi faoliyatda o'zining maqsadini aniq anglashi va bu maqsad so'zda ifodalanishi, belgilanishi, aniqlanishi kerak bo'lgan. Xuddi shunday, ontogenezda ham bolaning individual ongi yuzaga keladi va rivojlana boshlaydi. Uning shakllanishi uchun ham bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyati va faol muloqoti, ularning o'zaro munosabatlarining maqsadi farqlanishi, anglanishi va so'zlarda ifodalanishi zarur. Odam ongining yuzaga kelishi va rivojlanishining filogeneztik va ontogeneztik boshlanishidayoq nutq uning sub'ektiv tashuvchisi bo'lib kelgan. Bunda nutq avval muloqot (ma'lumot berish) vositasi sifatida, keyinchalik tafakkur (umumlashtirish) vositasi sifatida namoyon bo'ladi. So'z va u bilan bog'liq bo'lgan mazmun individual ongning mahsuli bo'lishdan avval, ulardan foydalanuvchi odamlar uchun umumiy ahamiyatga, mazmunga ega bo'lishi kerak. Bu ilk bor hamkorlikdagi faoliyatda amalga oshadi. So'z o'zining umumqabul qilingan ahamiyatini olganidan so'ng individual ongga singadi va belgilar, mazmunlar shaklida uning mulkiga aylanadi. Shunday qilib, Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling