O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Voqelikni fikran tasavvur va hayol qilish
Ong xarakteristikasi
Odam ongining birinchi xarakteristikasi o'zini anglovchi, biluvchi sub'ekt deb his qilishni, mavjud va tasavvurdagi voqelikni fikran tasavvur qilish qobiliyatini, o'zining shaxsiy psixik va xulqiy holatini nazorat qilishni, ularni boshqarish, atrof voqelikni obrazlar shaklida ko'ra olish va idrok qilish qobiliyatini o'z ichiga oladi. O'zini anglovchi sub'ekt deb his qilish, odam o'zini boshqa olamdan alohida, shu olamni bilish va o'rganishga tayyor hamda qodir, ya'ni u haqida ozmi ko'pmi ishonchli bilimlarni olishga tayyor mavjudod deb anglashini bildiradi. Odam bu bilimlarni, ular taalluqli bo'lgan ob'ektlardan ajralib turadigan fenomenlar sifatida anglaydi. Bu bilimlarni so'zlarda, tushunchalarda, boshqa har xil simvollarda ifodalab shakllantirishi, ularni boshqa odamlarga va kelajak avlodga berishi, saqlashi, qayta esga tushirishi, shu bilimlar bilan maxsus ob'ektdek ishlashi mumkin. Ong buzilgan hollarda (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.k.) bunday qobiliyat yo'qoladi. Voqelikni fikran tasavvur va hayol qilish - ongning ikkinchi muhim xarakteristikasidir. U ham ong kabi iroda bilan yaqin, yaxlit tarzda bog'langan. Tasavvurlar va hayolni ongli boshqarish, odatda odam iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Bu o'rinda, albatta yana bir murakkablik yuzaga keladi. Hayol va tasavvur hamma vaqt ham ongli, irodali nazorat ostida bo'lavermaydi. Shu bilan bog'liq ravishda: “Agar ular fikrlarning ichki (spontan) oqimi, obrazlar va assotsiatsiyalar – “ong oqimi” ko'rinishida bo'lsa, unda biz buni ong deb atashimiz mumkinmi?” - degan savol tug'iladi. Bu holatda, ong haqida emas, balki ongsizlik va ong o'rtasidagi oraliq psixologik holat - ongoldi haqida gapirilayotgan bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, ong deyarli har doim, odam tomonidan, uning o'z psixikasi va xulqini irodaviy nazorat qilishi bilan bog'liqdir. Voqelikni tasavvur qilish, ayni vaqtda mavjud bo'lmagan yoki mutlaqo mavjud bo'lmagan narsalar (hayol, orzu, fantaziya, qo'rqinch)ni tasavvur qilish, ongning muhim psixologik xarakteristikalaridan biri sifatida namoyon bo'ladi. Bu holatda odam ixtiyoriy ravishda, ya'ni ongli ravishda, atrof olamni idrok qilishdan, begona fikrlardan chalg'iydi va o'zining bor diqqat e'tiborini qandaydir bir g'oya, obraz, xotiralariga va sh.k.larga jamlaydi. Ayni vaqtda u bevosita ko'ra olmaydigan yoki umuman ko'rish imkoniyatiga ega bo'lmagan narsalarni o'z hayolida chizadi va rivojlantiradi. Psixik jarayonlar va holatlarni irodaviy boshqarish hamisha ong bilan bog'lab o'rganib kelingan. Psixologiya bo'yicha eski darsliklarda “Ong” va “Iroda” mavzularining ko'pincha ketma-ket berilishi va ular bir-biriga bog'langan holda, bir vaqtda muhokama qilinganligi ham tasoddifiy emas. 58 Ong nutq bilan yaqindan bog'liq va usiz o'zining oliy shaklida namoyon bo'la olmaydi. Sezgi va idrok, tasavvur va xotiradan farqli o'laroq voqelikni ongli aks ettirish qator maxsus xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Ulardan biri - tasavvur etilayotgan yoki anglanilinayotgan narsalarning anglanganligidir, ya'ni ularni so'z- tushunchali (mantiqiy) ifodalanganligi, insoniyat madaniyatiga bog'liq holda ma'lum bir mazmun bilan boyitilganligidir. Ongning boshqa bir xususiyati, ongda hamma, tasoddifiy narsalar emas, balki predmet, voqea va hodisalarning faqat asosiy, muhim, ahamiyatli xarakteristikalarining aks ettirilishidir. Ya'ni, aynan ular uchun nima xarakterli, nima ularni, tashqi ko'rinishi va ifodalanishiga ko'ra, ularga o'xshash bo'lgan boshqa predmet va hodisalardan farqlab turishligining aks ettirilishidir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling