O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Odam psixikasi. Ong - psixikaning oliy shaklidir
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
4 §. Odam psixikasi. Ong - psixikaning oliy shaklidir
Odam psixikasining asosiy alomati shundan iboratki, u unga nasliy yo'l bilan o'tgan va shaxsiy o'zlashtirilgan xulq shakllaridan tashqari, atrof muhitdagi voqelikka munosabatda bo'lishning, mutlaqo yangi vositasi bo'lmish - bilimlarga ega bo'ladi. Bu bilimlar insoniyatning muayyan tajribasini o'zida mujassam qiladi va nutq vositasida avloddan avlodga uzatib boriladi. Biz bundan keyin muhokama qiladigan tushuncha, “Ong” to'g'ridan-to'g'ri ma'noda olganda shu “bilimlarning majmuini” bildiradi. Odam psixikasi, ijtimoiy va jamoatchilik tajribasini o'zlashtirish jarayonida, ijtimoiy muhit qurshovida asta-sekinlik bilan shakllanib, boyib boradi. Agar, maxsus yaratilgan, sun'iy, izolyatsiyalangan sharoitlarda parvarish qilingan hayvon 54 o'z turiga xos barcha sifatlarni saqlab qolsa, odam ijtimoiy muhitsiz hech qanday insoniy sifatlarni o'zlashtira olmaydi. O'tmishda, 40 dan ortiq holatlarda, tug'ilganidanoq hayvonlar tomonidan boqilgan bolalar qayd qilingan (Mauglilar). Ularda nafaqat ong alomatlari (ularda nutq va tafakkur mutlaqo rivojlanmagan), balki odamning jismoniy xususiyatlaridan bo'lmish, yurganda gavdani tik tutib yurish holatlari ham kuzatilmagan. Hayvonot olamidan insoniyat jamiyatiga o'tish bilan odam psixikasini shakllanishining ikkita yangi omili yuzaga keldi: bu ijtimoiy mehnat, mehnat qurollaridan foydalanish va so'zlar yordamida muloqotda bo'lish. Tik turib yurishning yuzaga kelishi bilan odamning qo'llari ozod bo'ldi, uning ko'rish doirasi kengaydi, uning oriyentirlovchi faoliyatining jadal rivojlanishi uchun sharoit yuzaga keldi. Bu mehnatning va mehnat qurollarining yuzaga kelishiga asos bo'ldi. Odamlar mehnat qurollari olamida yashay boshladilar, bu qurollar, ulardan foydalanish malakalari va umuman mehnat operatsiyalari avloddan avlodga berib kelina boshlandi. Eng sodda mehnat qurolini yaratish ham odamdan so'zsiz ongli xatti- harakatlarni amalga oshirishni, shuningdek, uning nima ish qilishi, undan nima maqsadda foydalanish mumkinligi, uning shakli, unga ishlatiladigan materiallarning xususiyatlari va qator shu kabilarni oldindan tasavvur qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Bu qurollarni tayyorlash bo'yicha amalga oshiriladigan xatti-harakatlar ma'lum bir tartibda rejalashtirilishi kerak. Ular (ibtidoiy odamlar) bu qurollarni kerak bo'lsa yana qaytadan yasashlari uchun bu xatti-harakatlarni anglashi va ularni esda olib qolishlari lozim edi. Mehnat qurollarini yasash yaxlit bir obrazni, ob'ektni fikran qismlarga bo'lish, ajratish (analiz) bilan, predmetning alohida xususiyatlarini qismlarga bo'lish (abstraktsiyalash) bilan, qismlarga ajratilgan xususiyatlarni tasavvur qilinayotgan qurolning yaxlit obraziga fikran birlashtirish (sintez) bilan bog'liq. Mehnat jarayonlarini takomillashtirish, yanada murakkabroq mehnat qurollarini yaratish, o'z navbatida odam bosh miya qobig'ining analitik-sintetik faoliyatini yanada takomillashuvini ta'minlagan. Shu bilan birga mazkur faoliyat quroli - nutq ham takomillashib borgan. Mehnat faoliyatini ijtimoiy tashkil etilishi, faqat boshqa odamlarning ishi orqaligina mazmunga ega bo'ladigan, ayrim xatti-harakatlarni farqlanishiga olib keldi. Shunday qilib, mehnat jarayonida, bevosita biologik maqsadlardan ajratilgan ongli xatti-harakatlar yuzaga kela boshladi, odamning abstrakt (mavhum) tafakkuri va uning irodasi shakllana bordi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling