O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ongsiz xotira
Ong va ongsizlik
Ong odamning psixik jarayonlari, xususiyatlari va holatlari ifoda etiladigan yagona daraja hisoblanmaydi. Odam idrok etayotgan va uning xulqi bilan boshqarilayotgan hamma narsalar ham ong tomonidan anglanavermaydi. Odamda ongdan tashqari yana ongsizlik ham mavjud. Bu - shunday hodisalar, jarayonlar, xususiyatlar va holatlarki, ular o'zining xulqqa ta'sir etishiga ko'ra anglangan psixik hodisalarga o'xshash bo'ladi, lekin odam tomonidan faol refleksiya qilinmaydi, anglanilmaydi. Ular, an'anaga ko'ra, ongli jarayonlar bilan bog'liq bo'lganligi tufayli, psixik hodisalar deb ataladi. Ongsiz boshlanish unday yoki bunday darajada odamning deyarli barcha psixik jarayonlari, xususiyatlari va holatlarida mavjud. Shunday ongsiz (anglanilmagan) sezgilar ham borki, ularga muvozanatni sezish, propriotseptiv (muskul) sezgilar kiradi. Anglanilmaydigan ko'rish va eshitish sezgilari ham mavjud, ular ko'rish va eshitish markaziy sistemalarida ixtiyorsiz refleksiv reaktsiyalarni yuzaga keltiradi. Ongsiz xotira - bu uzoq muddatli va genetik xotira bilan bog'liq bo'lgan xotiradir. Bu tafakkur, hayol, diqqat bilan boshqariladigan, vaqtning mazkur fursatida odam fikri mazmunini, uning obrazlarini, diqqati yo'naltirilgan ob'ektlarni belgilab beradigan xotiradir. Anglanmagan (ongsiz) tafakkur odamda, ayniqsa u 61 ijodiy vazifalarni bajarish jarayonida yaqqolroq namoyon bo'ladi, anglanilmagan (ongsiz) nutq esa - bu ichki nutqdir. Xatti-harakat va qiliqlarning yo'nalganligiga, odam tomonidan anglanmaydigan psixik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarga ta'sir qiluvchi ongsiz (anglanmagan) motivatsiyalarni ham kiritishimiz mumkin. Biroq, ongsizlikning shaxsiy namoyon bo'lishi, psixologiya uchun asosiy qiziqish predmeti hisoblanadi. Ularda odam xohishi, ongi va irodasidan tashqari ongsizlikning shaxsiy ifodalanishi o'zining o'ta chuqur ko'rinishlarida namoyon bo'ladi. Shaxsiy ongsizlik muammosini ishlab chiqishga Z.Freyd o'zining katta hissasini qo'shgan. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling