O'zbekiston respublikasi profi universitety
psixoanaliz deb ataluvchi maxsus interpretatsiya (izohlovchi, talqin qiluvchi ta'limot) talab qilinadi. Ongsiz hodisalar
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
psixoanaliz deb ataluvchi maxsus interpretatsiya (izohlovchi, talqin qiluvchi
ta'limot) talab qilinadi. Ongsiz hodisalar, ong oldi hodisalari bilan birga (hatto ularning funktsional roli turlicha bo'lsada) xulqni boshqaradi. Ong, muntazam diqqat-e'tibor va ongli nazoratni talab qiladigan xulqning eng murakkab shakllarini boshqaradi, va quyidagi holatlarda ishga kirishadi: a) odam oldida aniq bir yechimiga ega bo'lmagan, kutilmagan, intellektul murakkab muammo yuzaga kelgan vaqtda; b) odamga fikrni yoki tana organini harakatlantirish yo'lida jismoniy yoki psixologik qarama-qarshilikni yengib o'tish talab qilinsa; v) irodaviy zo'r berishsiz, o'z-o'zidan yechilishi mumkin bo'lmagan qandaydir bir nizoli vaziyatdan chiqish yo'lini topish va anglash zarur bo'lib qolganida; g) odam kutilmaganda, agar zudlik bilan biron- bir xatti-harakatni amalga oshirmasa uning uchun jiddiy xavf tug'diradigan vaziyatga tushib qolganida. Bunday vaziyatlar, odamlar oldida deyarli har doim uzluksiz yuzaga kelib turadi. Shuning uchun ong xulqni boshqarishning oliy darajasi sifatida doimo ishtirok etib turadi va ishlaydi. Shu bilan bir qatorda, ko'pchilik xulq aktlari, ongoldi va ongsiz boshqarish darajasida amalga oshadi. Shunday qilib, real voqelikda bir vaqtning o'zida xulqni boshqarishda uni psixik boshqarishning ko'plab turli xil darajalari qatnashadi. Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, mavjud ilmiy ma'lumotlarga ko'ra xulqni ongli va boshqa psixik boshqarish darajalari o'rtasidagi munosabatlar haqidagi masala murakkabligicha qolgan va bir xilda hal etilmagan. Buning asosiy sababi ong bilan turlicha munosabatda bo'luvchi, ongsiz psixik hodisalarning turli toifalarining mavjudligidir. Shunday ongsiz psixik hodisalar borki, ular ongoldi sohasida bo'ladi. Ya'ni ular o'zida xulqni psixik boshqarishning ongga qaraganda pastroq darajasini ifoda etuvchi faktlar bilan bog'liq bo'ladi. Bular ongsiz (anglanmagan) sezgi, idrok, xotira, tafakkur, ustanovkalardir. 63 Ongsiz hodisalarning boshqa yana bir guruhini, oldinlari odam tomonidan anglangan, lekin keyinchalik vaqt o'tishi bilan ongsizlik muhitiga o'tib ketgan hodisalar tashkil qiladi. Ularga, masalan, harakat malaka va ko'nikmalari kiradi. Ular o'zlarini shakllanishining boshlani-shida ongli nazorat qilinadigan xatti- harakatlar (yurish, nutq, yozishni, turli asboblardan foydalanishni o'rganish) tarzida namoyon bo'ladi. Keyinchalik esa tegishli malaka, ko'nikmalar shakllanishi bilan ular ong nazoratisiz amalga oshadigan bo'lib qoladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling