tip) - kuchli, muvozanatsiz, tez.
Uchinchi tip - nerv jarayonlarining kuchliligi, ularning muvozanatliligi,
biroq ko'chishning sekinligi, sustligi bilan xarakterlanadi (xotirjam tip) - kuchli
muvozanatli, sust.
To'rtinchi tip - nerv jarayonlarining kuchsizligi, ularni ko'chishining
sustligi bilan xarakterlanadi (sust tip) - kuchsiz, muvozanatsiz, sust.
Shunday qilib, u yoki bu individiumning oliy nerv faoliyati uchun xarakterli
bo'lgan, qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining turg'un xususiyatlarining
ma'lum bir nisbati oliy nerv faoliyati tiplari bo'lib hisoblanadi.
Agar avvalgi vaqtlarda, Gippokratdan boshlab to Kant, Bexterev, Sheldon,
Krechmerlargacha temperament tiplarini belgilashda tana suyuqliklari, qon, qon
tomirlari xususiyatlari, tana tuzilishi kabilar asos qilib olingan bo'lsa,
I.P.Pavlovning tadqiqotlari temperament tiplarini asoslashda ilmiy asos bo'lib
xizmat qildi. Shunga ko'ra, oliy nerv faoliyati (ONF)ning yuqorida keltirilgan
tiplari mos ravishda to'rtta temperament: sangvinik, xolerik, flegmatik,
melanxolikning asosini tashkil qiladi.
Nerv jarayonlarining kuchi, muvozanati va ko'chishi sharoitga tezroq va
samaraliroq moslashishni ta'minlaydi. Agar nerv jarayonlarining kuchi yetarlicha
bo'lmasa, unda organizm kuchli tashqiy ta'sirlardan qiynaladi va ularning ta'siriga
noo'rin, noto'g'ri javob beradi (ularning ahamiyati orttirib yuboriladi, nerv
faoliyatining buzilishi, nevrozlar yuzaga keladi).
Nerv jarayonlarining ko'chishi yetarlicha bo'lmagan vaqtlarda organizm
o'zgargan sharoitlarga tezda moslasha olmaydi. Uning uchun stereotiplarning
buzilishi ayniqsa og'ir bo'ladi. U ko'pincha nevrotik holatni yuzaga keltiradi. Lekin,
I.P.Pavlov tadqiqotlarining ko'rsatishicha, nerv jarayonlarining kuchi va ko'chishi
mashqlar, shug'ullanish, tarbiya, maxsus turmush tarzi ta'siri ostida ortishi
mumkin. I.P.Pavlov o'zining ilmiy eksperimental tajribalaridan kelib chiqqan
holda, organizmning tabiiy tuzilgan xususiyatlari o'zgarishi mumkin, degan
optimistik xulosaga keladi.
Lekin, aksariyat manbalarda asosida oliy nerv faoliyati tiplari yotuvchi
temperament tiplarining o'zgarmasligi ta'kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |