67
6 §. Oliy nerv faoliyati tamoyillari va qonuniyatlari
Bosh miya qobig'i faoliyati qator tamoyillar va qonunlarga bo'ysunadi.
Ularning asosiylari ilk bor I.P.Pavlov tomonidan aniqlangan. Hozirgi vaqtda
Pavlov ta'limotlarining ayrimlari
yanada oydinlashtirilgan, ularning ba'zi birlari
qayta ko'rib chiqilgan. Hozirgi zamon neyrofiziologiya asoslarini o'zlashtirish
uchun Pavlovning asosiy ta'limotlari bilan tanishib chiqish zarur.
Oliy nerv faoliyatining analitik-sintetik tamoyili.
I.P.Pavlov ta'kidlaganidek, analitik-sintetik tamoyil
bosh miya katta yarim
sharlari qobig'i ishining asosiy fundamental tamoyili bo'lib hisoblanadi. Atrof
muhitda
oriyentatsiya qilish, uning alohida xususiyatlari,
tomonlari, jihatlari,
belgilarini ajratib olish (analiz) va bu belgilarni
organizm uchun foydali yoki
zararli bo'lgan narsalarga bog'lash, birlashtirish (sintez) bilan bog'liq.
I.P.Pavlovning ta'kidlashicha, sintez - bog'liqliklarni birlashtirish, tahlil (analiz) esa
- bir qo'zg'atuvchini boshqa qo'zg'atuvchilardan yanada aniqroq farqlashdir.
Bosh miya qobig'ining analitik-sintetik faoliyati ikki nerv jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: