O'zbekiston respublikasi profi universitety
Odam shaxsidagi ongsizlik - bu shunday sifat, qiziqish, ehtiyoj va
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Odam shaxsidagi ongsizlik - bu shunday sifat, qiziqish, ehtiyoj va
sh.k.larki, ularni odam o'zida anglamaydi, biroq ular unga xos va turli ixtiyorsiz reaktsiyalarda, xatti-harakatlarda, psixik hodisalarda namoyon bo'ladi. Bunday hodisalar guruhlaridan biri - xato xatti-harakatlar: so'zlarni yozish yoki eshitishdagi xatolar, noto'g'ri aytish, noto'g'ri yozishlardir. Ongsiz hodisalarning ikkinchi guruhi asosida, odam uchun noxush (ko'ngilsiz) kechinmalar bilan to'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita bog'liq bo'lgan nomlarni, berilgan vadalarni, predmetlarni, voqealar va boshqalarni ixtiyorsiz (beixtiyor) unutib qo'yish yotadi. Shaxsiy xarakterga ega bo'lgan ongsiz hodisalarning uchinchi guruhiga tasavvurlarga tegishli va idrok, xotira, hayol bilan bog'liq bo'lgan hodisalar: tush ko'rish, orzular kiradi. Gapirishda adashib ketish (ogovorka)lar o'zida, aytilayotgan so'zning mazmuni va tovushli asoslarining buzilishi bilan bog'liq bo'lgan, ongsiz determinlashtirilgan artikulyatsion nutq xatti-harakatlarini namoyon qiladi. Bunday buzilishlar, ayniqsa ularning mazmuniy xarakteri tasoddifiy emas. Z.Freyd, ularda shaxs ongidan yashirin bo'lgan motivlar, fikrlar, kechinmalar namoyon bo'ladi, deb ta'kidlaydi. Adashib ketishlik odamning anglanmagan niyatlari va uning boshqa intilishlarini, yashirin motivlar bilan qarama-qarshilikda bo'lgan xulqning ongli ravishda qo'yilgan maqsadlari bilan to'qnash kelishi tufayli yuzaga keladi. Ong ostidagi kuchlar, ong darajasidagilardan ustunlik qilgan vaqtda adashib ketish yuzaga keladi. Barcha xato xatti-harakatlar asosida yotuvchi psixologik mexanizm shulardan iborat. Ularni Z.Freyd “ikki, turli xil niyatlarning o'zaro munosabati, aniqrog'i ularning qarama-qarshiligi tufayli yuzaga keladi”, - deb ta'kidlaydi. Ismlarni unutib qo'yish o'zida ongsizlikning boshqa bir misolini ifoda etadi. U unutib qo'yayotgan odamni, shu unutilgan ism egasi bilan, yoki shu ism bilan assotsiatsiya qilinuvchi voqea bilan bog'liq bo'lgan qandaydir noxush hissi, uni yoqtirmaslik, uni mensimaslik, undan nafratlanish va shu kabilar bilan bog'lanadi. Bunday unutib qo'yish, odatda gapirayotgan odam xohish, irodasiga zid ravishda amalga oshadi va mazkur vaziyat ismlarni unutib qo'yishning ko'pchilik holatlari uchun xarakterlidir. Ongsizlikning alohida toifasini tush ko'rish tashkil qiladi. Freydning ta'kidlashicha ko'rilgan tushlarning mazmuni odamning anglanmagan xohish istaklari, hissiyotlari, niyatlari bilan, uning qondirilmagan yoki to'la qondirilmagan muhim, hayotiy ehtiyojlari bilan bog'liq. 62 Tush ko'rishning aniq anglangan mazmuni ikki holatdan tashqari hamma vaqt ham, shu tushni ko'rgan odamning yashirin, anglanmagan niyatlari va maqsadlariga mos kelavermaydi. Bu ikki holat - shu tush ko'rishdan oldingi kuni ro'y bergan emotsiogen voqealar ta'siri ostida yuzaga keladigan va maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalarcha tush ko'rishi, shuningdek, kattalarning ham infantil (bolalarga xos) tush ko'rishlaridir. O'zining syujetli - tematik mazmuniga ko'ra tush ko'rish, deyarli har doim qondirilmagan xohishlar bilan bog'liq bo'ladi va shu xohish tufayli yuzaga keladigan, normal uyquni buzuvchi impulьslarni bartaraf qiluvchi simvolik usul hisoblanadi. Tushda, qondirilmagan ehtiyojlar (gallyutsinatorlik) ro'yobga chiqadi. Agar, xulqning motivi odam uchun to'g'ri kelmasa, unda ularning aniq namoyon bo'lishi hatto tushda ham o'zlashtirilgan axloq me'yorlari, senzuralar bilan to'sib qo'yiladi. Senzuraning ta'siri tushning mazmunini chalkashtirib, ularni mantiqsiz, tushunarsiz va g'alati qilib, buzib yuboradi. Aktsentlarni ongsiz aralashtirib, almashtirib yuborilishi va elementlarning qayta guruhlanishi tufayli, tushning aniq mazmuni senzura ta'siri ostida tush ko'rishning yashirin fikrlariga mutlaqo o'xshamaydigan bo'lib qoladi. Ularni izohlash (interpretatsiya qilish) uchun Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling