O'zbekiston respublikasi profi universitety


Odam ongining uchinchi xarakteristikasi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Odam ongining uchinchi xarakteristikasi - bu uning kommunikatsiyaga 
qodirligidir. Ya'ni mazkur odam o'zi anglayotgan narsalarni til va boshqa belgilar 
tizimi yordamida boshqa odamlarga uzata olishligidir. Kommunikativ imkoniyatlar 
boshqa ko'plab yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda ham bor. Lekin 
odamlarning kommunikativ imkoniyatlaridan ular, bitta muhim sharti bilan 
farqlanadi: til yordamida odam boshqa odamlarga nafaqat o'zining ichki holati 
haqidagi (aynan shu hayvonlar tili va muloqotida asosiy hisoblanadi), balki 
nimalarni ko'rayotganligi, bilishi, tushunishi, tasavvur qilishi haqidagi, ya'ni atrof 
olam haqidagi ob'ektiv ma'lumotlarni uzatadi. 
Odam ongining yana bir xususiyati, unda intellektual tizim (sxema)larning 
mavjudligidir. Tizim deyilganda, shunday ma'lum bir aqliy struktura nazarda 
tutiladiki, odam ularga mos ravishda atrof olam va uning o'zi haqidagi 
ma'lumotlarni idrok etadi, qayta ishlaydi va saqlaydi. Sxemalar, odamlar 
tomonidan o'zlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlarni ma'lum bir tartibga keltirish 
uchun foydalanadigan qoidalar, tushunchalar, mantiqiy operatsiyalarni o'z ichiga 
oladi. Shuningdek, ma'lumotlarni tanlab olish, klassifikatsiya qilish, uni u yoki bu 
toifaga kiritish kabilar ham tizim tarkibiga kiradi. 
Odamlar bir-birlari bilan turli hil ma'lumotlar almashinar ekanlar, ular 
berilayotgan ma'lumotlardan eng asosiylarini ajratib oladilar. Shunday qilib, 
abstraktsiyalash, ya'ni asosiylarini barcha ikkinchi darajalilardan ajratib olish va 
ongni eng muhim narsa ustida jamlash amalga oshadi. Bu muhimlik leksika va 
semantikada tushunarli shaklda yig'ilib borib, odamni tilning o'zlashtirib olishi va 
undan muloqot va tafakkur vositasi sifatida foydalanishga qay darajada 
o'rganganligiga qarab, keyinchalik odam individual ongining erishgan yutug'i 
bo'lib qoladi. Voqelikni ijtimoiy aks ettirish o'z navbatida individual ongning 
mazmunini tashkil qiladi. Shuning uchun ham til va nutqsiz odam ongini 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling