O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
instinkt daraja; 2) ong osti - sub'ektiv emotsional - impulьsiv daraja; 3) ongli,
ixtiyoriy, mantiqiy - semantik dasturlar bilan belgilanadi. Ijtimoiylashgan shaxs xulqida ixtiyoriy, qadriyatli mezonlashtirilgan dasturlar ustunlik qiladi. O'zini-o'zi boshqarishning boshqa ikki quyi darajasi, uning xulqida fon rolini bajaradi. Favqulotda holatlarda, vaziyatlarda va individning desotsializatsiyalashuvi vaziyatlarida o'zini-o'zi boshqarishning bu quyi darajalari xulqni boshqarishning avtonom rejimiga o'tishi mumkin. Odam psixikasida o'zini-o'zi boshqarishning yuqorida ko'rsatib o'tilgan darajalarining mavjudligi odamlarning xatti-harakati va munosabatlarining quyidagi turlari: 1) anglanmagan - instinktiv, tug'ma reaktsiyalar (qo'rquvga, xavotirga munosabati, jismoniy xavfli vaziyatlardan qochish); 2) odatlanib qolingan - avtomatlashtirilgan ong osti xatti-harakatlari; 3) ongli, irodaviy xatti-harakatlarning nisbatan mustaqilligini ta'minlaydi. Odamning tur sifatida hayvonlardan farq qiluvchi xarakterli jihati, bu uning mavhum fikr yurita olish va mulohaza qilish qobiliyati, o'z o'tmishi haqida mushohada qilishi, uni tanqidiy baholash bilan birga, kelajagi haqida o'ylashi, o'z kelajagini hisobga olgan holda, unga rejalar va dasturlar tuza olish qobiliyatidir. Bularning hammasi inson ongi jihatlarini tashkil qiladi. Agar, psixikaga materialistik nuqtai nazardan qaralsa, ong odam tomonidan voqelikni aks ettirishning eng oliy darajasidir. Agar, psixika idealistik nuqtai nazardan talqin qilinadigan bo'lsa, unda ong borliqni boshlanishining insoniy psixik shaklidir. Psixologiya fanlarining tarixida ong muammosi - eng murakkab, qiyin muammolardan bo'lib kelgan va u hozir ham materialistik yoki idealistik nuqtai nazardan hal qilib bo'linmagan. Lekin, uni materialistik nuqtai nazardan tushunishda ko'plab juda murakkab masalalar yuzaga kelgan. Aynan shuning uchun ong haqidagi qarashlar, bu hodisaning odam psixologiyasi va xulqini tushunishdagi ahamiyati naqadar muhim ekanligiga qaramay haligacha eng kam ishlab chiqilgan masalalardan bo'lib qolmoqda. Ong muammosini tadqiq etuvchilar qanday falsafiy yo'nalishda (pozitsiyada) bo'lishlaridan qat'i nazar, refleksiv qobiliyat deb atalmish holatni, ya'ni ongning boshqa psixik hodisalar va o'z-o'zini bilishga tayyorligini so'zsiz ong bilan bog'laganlar. Odamda shunday qobiliyatning bo'lishi psixologiya fanini turli sohalarining yuzaga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo'lib hisoblanadi, aks 57 holda, usiz, fenomenlarning bunday xili bilish, o'rganish uchun yopiq bo'lgan bo'lardi. Refleksiyasiz odam o'zida psixika borligi haqida tasavvurga ham ega bo'lmaydi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling