O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
personalizatsiya (individ tomonidan o'z shaxsini boshqa odamlar hayotiy
faoliyatida ma'lum darajada tasavvur qilish, mazkur ijtimoiy jamiyatda o'zini-o'zi shaxsiy namoyon eta olishi zarurligini anglashi) jarayonlari muhim ahamiyatga ega. Shaxs boshqa odamlar bilan “Men – kontseptsiyasi” asosida o'zaro muno- sabatda bo'ladi. “Men – kontseptsiya”si, shaxsiy refleksiya - bu shaxsning o'zi, imkoniyatlari, o'zining ahamiyatliligi haqidagi tasavvurlarini bildiradi. Shaxsiy refleksiya “Real Menga” mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Shaxsiy da'vogarlik darajasining orttirilgan yoki kamsitilgan bo'lishi, ya'ni uni “Real Men”iga yaqinroq yoki uzoqroq bo'lishi turli ichki nizolarni yuzaga keltirishi mumkin. 76 Shaxs “Men-kontseptsiya” asosida o'zi uchun, “Mukammal–Men”ni shakl- lantiradi. “Mukammal–Men”ning xarakteri shaxsning axloqiyligi, intellektual rivojlanganligi kabi hislatlari bilan uzviy bog'liq. Agar shaxsda shu sifatlar (dunyoqarash, intellektual potentsial va sh.k.) yuqori darajada rivojlangan bo'lsa, uning “Real–Men”i va “Mukammal-Men”i o'rtasidagi tafovut shunchalik kam bo'ladi va aksincha. Shaxsning intellektual rivojlanganlik darajasi qanchalik past bo'lsa, u o'zining “Mukammal–Men”ini shunchalik yuqori deb hisoblaydi. Oqibatda uning “Men”lari o'rtasidagi ichki nizolar ro'yobga chiqadi. Bu “nizolar” nafaqat shu shaxsning rivojlanishiga, balki uni atrofidagilar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarining tarkib topishiga, agar u shaxs rahbar lavozimlarini egallagan bo'lsa, jamoaning, jamiyatning taraqqiy topishiga ham jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shaxsning hayot yo'li muayyan-tarixiy ijtimoiy makonda o'tadi. Moddiy ishlab chiqarish sharoitlari, is'temol jihatlari, ijtimoiy munosabatlarning o'ziga xosligi, odam turmush tarzini, xulqining o'ziga xosligini va nihoyat shaxs tipini belgilab beradi. Har bir shaxs o'zining shaxsiy turmush strategiyasini - kundalik hayotiy vaziyatlarni, o'zining qadriyatli yo'nalganligi iyerarxiyasiga muvofiq ravishda qayta o'zgartirishning umumlashtirilgan usullari qat'iy tizimini shakllantiradi. Turmush strategiyasi - shaxsga hayot bag'ishlaydigan (uning ruhini ko'taradigan) umumiy yo'nalishidir. Ijtimoiy qadrli strategiya - shaxsning yuqori axloqiy o'zini-o'zi ro'yobga chiqarish, hayotning ma'naviy usulini ishlab chiqishdir. Bunda shaxsning hayotiy faoliyati vaziyatli shartlangan emas, balki ichki determinlashtirilgan bo'ladi. Shaxs ijtimoiy qadrli hayotiy istiqbollar bilan yashay boshlaydi. Hayot strategiyasining bo'lmasligi, istiqbolning rejalashtirilmasligida individ faqat o'tkinchi mazmunlarga va vazifalarga bo'ysinib qoladi, uning hayoti zarur bo'lgan darajada to'laqonlik bilan kechmaydi, hayotiy faoliyatining motivatsiyasi pasayadi, ma'naviy - intellektual talablari torayadi. Shaxsning barcha muhim buzilishlari (deformatsiyasi) - uning o'z-o'zini refleksiyasi, o'zini-o'zi anglashidagi nuqsonlari, fikrlashidagi buzilishlar, hayot faoliyatining ob'ektiv ahamiyatli jihatlarini shaxsiy qadrsizlanishi bilan bog'liq. Shaxs turg'un hislatlar majmuidir - uning tashqi ta'sirlarga sezgirligi, motivatsiyalarining turg'un tizimi, ustanovkalari, qiziqishlari, muhit bilan o'zaro munosabatlarda bo'la olish qobiliyati - xulqni boshqarishning axloqiy tamoyillari bilan xarakterlanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling