19
O’simlik kartalari ob’ekti hozirgi kunda mavjud bo’lgan
zamonaviy
o’simliklar qoplami, shu bilan birga ular shakllangincha bo’lgan qadimgi o’simlik
qoplami bo’lishi mumkin. Shundan kelib chiqib o’simlik kartalarini uch turga
ajratish mumkin: a) qayta tiklangan o’simlik qoplami kartalari –
madaniy
o’simliklar shakllangunga qadar tarqalgan yovvoyi o’simliklar haqida ma’lumot
uyg’otadi; b) zamonaviy o’simlik qoplami kartalari; v)
qayta tiklangan va
zamonaviy o’simlik qoplami birgalikda tasvirlangan kartalar.
Ҳozirgi kunda o’simliklarning quyidagi klassifikatsiyasi qabul qilingan:
1. O’simlik tiplari tizimi;
2. O’simlik tiplari;
3. Fratriyalar (genetik jihatdan bir xil geografik lokallashgan,
formatsiyalar
guruhlaridan iborat);
4. Formatsiyalar guruhi;
5.
Formatsiyalar;
6. Assotsiatsiyalar guruhi;
7. Assotsiatsiyalar.
Geobotanik kartalarni tuzishda o’simliklar ketma-ketligi
shu klassifikatsiya
asosida berilishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: