16
6. Legendani, geomorfologik chegaralar chiziqlarini,
geografik asosni qora
tush bilan chizib, kartani jihozlash. Karta va legendani geomorfologik kartalar
uchun qabul qilingan ranglar bilan buyash.
Тopshiriq
1:200 000 va 1:500 000 masshtablarda geomorfologik
kartalar fragmentini
tuzish.
Тuzish manbasi–1:50 000 masshtabdagi geomorfologik karta. Тuzish usuli–
fotomexanik. Yordamchi material: hududning geomorfologik tavsifi.
Geomorfologik karta tuzish bo’yicha ko’rsatma
Тuzish ishlari karta-manbadan turli darajada maydalashtirilib olingan
havorang bosma qog’ozda olib boriladi. Тuzishda relef shakllarini saralab olishda
mumkin bo’lgan senzli ko’rsatkichlardan nisbatan kamrog’ini tanlash zarur.
Maydon ko’rinishi izometrik bo’lganda – 1 mm
2
, izometrik bo’lmaganda – 2-3
mm
2
bo’lishi kerak. Cho’zilgan konturlarning minimal kengligi 0,5
mm dan kam
bo’lmasligi zarur. Geomorfologik chegara chiziqlari qalinligi 0,1 mm; qolgan
barcha chegaralar – 0,2 mm bo’lishi kerak.
Kartada vodiylarning minimal uzunligi: 1:200 000 masshtabda-2 mm, 1:500
000 masshtabda-3 mm va 1:1 000 000 masshtabda 5 mm bo’lishi lozim.
Relefni shakllanishini ko’rsatishda geomorfologik kartalar uchun qabul
qilingan ranglardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Kelib chiqishi endogen
bo’lgan relef shakllari – to’q qizil, flyuvial relef shakllari – yashil, gravitatsion
shakllar – jigarrang, muzlik relef shakli – ko’k-binafsha,
eol relef shakllari esa
sariq rangda berilgani ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: