13
3-Amaliy mashg’ulot
Kartalar avtorlik originallarini tuzish
(ko’rsatmalar berish)
1. Geologik kartalar
Geologik
kartalarda kelib chiqishi, yoshi va tarkibi har xil bo’lgan tog’
jinslari
ko’rsatiladi.
Geologik
kartalarni
tuzishning
murakkabligi,
kartalashtirilayotgan ob’ektning murakkabligi bilan bog’liq. Ayrim tog’
jinslarini
ko’z blan ko’rib bo’lmaydi, ya’ni
ular chuqurda yotadi,
ammo ularni tasvirlash
talab etiladi. Shu sababli geologik kartalarni tuzish ancha murakkabdir.
Geologik kartalarda tog’ jinslarini tasvirlash
ketma-ketligi maxsus
stratigrafik bo’linish asosida beriladi. Stratigrafik bo’linishning ikki tipi mavjud.
Ular asosiy va yordamchi stratigrafik bo’linmalar. Asosiy stratigrafik bo’linma 3 ta
toifaga bo’linadi: umumiy (xalqaro), mahalliy (regional) va korrelyatsion. O’z
navbatida ular ham kichik turlarga ajralib ketadi.
Asosiy stratigrafik bo’linmalar
Umumiy
Mahalliy
Korrelyatsion
Bo’linmalarning taksonomik shkalasi
Stratografik
Geoxronologik
Guruh
Sistema
Bo’lim
Yarus
Zona
Era
Davr
Epoxa
Asr
Faza
Kompleks
Seriya
Тizim
Gorizont
Provinsial zona
Ikkinchi yordamchi stratigrafik tip uchta xilga bo’linadi: litologo-stratigrafik
(qatlam, qavat, plast va b.), biostratigrafik (biozona, mahalliy zona, faunali qatlam)
va iqlimiy-stratigrafik xillar.
Geologik kartalar tuzishda ko’proq asosiy stratigrafik bo’linmalardan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: