3
Kirish
Kartalarni loyixalash
va tuzish - geodeziya, kartografiy va kadastr soha
mutaxassislarini tayyorlashda zarur bo’lgan asosiy fanlardan biridir.
Fanning
maqsadi yuqorida keltirilgan soha mutaxassislarida fanga bo’lgan ko’nikma va
bilimlarni shakllantirishdir.
“Kartalarni loihalash va tuzish” fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish
bo’yicha tayyorlangan metodik ko’rsatma O’zbekiston
Respublikasi OUMТV
tasdiqlangan dasturi asosida, o’quv adabiyotlarini
yangi avlodini yaratish
konsepsiyasi bo’yicha, qo’yilgan barcha talablarga javob bergan holda
tayyorlangan.
Amaliy mashg’ulotlar nazariy bilimlarni mustahkamlashda yordam beradi.
Amaliy mashg’ulotlarning asosiy maqsadi ham – kartaning
dastlabki nusxasini
tayyorlash va nashr qilish usullarini o’rgatadi.
Amaliy mashg’ulot 4 ta amaliy mashg’ulot va topshiriqlardan iborat tashkil
topgan bo’lib, har bitta mashg’ulotlarga ko’rsatmalar berilgan.
Unda tabiatni
kartaga olishning gegrafik prinsiplari, kartaga
olish bosqichlari va tabiiy
kartalarning dastlabki orginallarini tuzish kartalar legendasini ishlab chiqish
yo’llari, kartalarni va ularni seriyalarini tuzishda
generalizatsiya ishlarining
xususiyatlari atroflicha bayon etilgan.