YOvvoyi piyoz – Allium rotundum L. Piyozguldoshlar (Liliaceae) oilasiga kiradi. O‘rta
Osiyoda, qrimda va MDHning Evropa qismida tarqalgan. O‘zbekistonda asosan, bog‘larda,
tokzorlarda va qisman ekinlar orasida uchraydi. Begona o‘t sifatida alohida ahamiyatga ega emas,
oson yo‘qoladi. Piyozbosh va urug‘dan ko‘payadi.
Poyasi oddiy,
yarmigacha barg bilan
qoplangan, bo‘yi 30-60 sm, O‘zbekistonda may-iyunda gullaydi.
Sudralib o‘suvchilar. Bularning poyasi er ustiga yoyilib o‘sadi, ildiz bo‘g‘imidan rivojlanadi,
bunda palak va gajaklar hosil qiladi. Masalan, ayiqtovon ana shunday.
Ayiqtovon – (Ranunculus repens L. ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasiga kiradi. Nam
erlarda yaxshi o‘sadi. O‘tloqlarda, dalalarda, tomorqalarda, pastqam joylarda, ariqlar bo‘yida, suv
havzalari qirg‘oqlarida, sholikorlikda uchraydi. Urug‘dan va ildiz otadigan poyasidan ko‘payadi.
Ayiqtovon hayvonlar uchun zaharli.