O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Download 340.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.04.2023
Hajmi340.06 Kb.
#1335733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KO‘P YILLIK BEGONA O‘TLARNING TA’RIFI

SHingil ildizli begona o‘tlarning juda qisqargan asosiy o‘qildizi bo‘ladi, bulardan shingil 
shaklida qo‘shimcha ildizlar chiqadi. Bu guruhga, masalan, zupturum va bargizub kiradi. 
Zupturum – Plantago major L. zupturumdoshlar (Plantaginaceae) oilasiga kiradi. Hamma 
joyda uchraydi. Dalalar, polizlarda, yo‘llar, ariqlar bo‘yida, bog‘larda va hakozalarda uchraydi. 
Barglari keng tuxumsimon bo‘lib, ildiz bo‘g‘zidan chiqadi. Asosan urug‘dan ko‘payadi. Maydan 
noyabrgacha hosil tugadi. Bitta o‘simligi 8-60 mingta urug‘ tugadi, bular tuproqda unuvchanligini 
kamida 7 yil saqlaydi. Urug‘i ko‘pi bilan 2-3 sm chuqurlikdan tez unib chiqadi. Go‘ngda ham 
unuvchan urug‘lar uchraydi. 
O‘qildizlilar. Bu biologik guruhchaga bitta asosiy o‘qildizi bo‘lgan juda ko‘p mayda yon 
ildizlar chiqaradigan begona o‘tlar kiradi. Ular asosan urug‘dan ko‘payadi, lekin vegetativ yo‘l 
bilan ham ko‘payishi mumkin. Bularga erman, qoqio‘t, izen, sho‘ra, maydabarg, otquloq kiradi. 
qoqio‘t – Taraxacum vulgare (Lam.) murakkabguldoshlar (Compositae) oilasiga kiradi. 
Hamma erda tarqalgan. Bog‘larda, polizlarda, tashlandiq erlar atrofida juda ko‘p o‘sadi. Kauchukli 
o‘simlik – ko‘ksag‘iz ekin orasida o‘sadigan eng zararli begona o‘t hisoblanadi. Poyasining ichi 
bo‘sh, bargsiz, bo‘yi 15-360 sm. ildiz bo‘g‘zidan chiqqan barglari patsimon qirqilgan shaklda. 
To‘pguli oltin rang-sariq gulli savatcha. Apreldan sentyabrgacha gullaydi. Urug‘dan va qisman 
ildiz bakchilaridan ko‘payadi. Urug‘ida dumchalari bo‘lib, shular yordamida shamol bilan 
tarqaladi. Bitta o‘simligi 250 – 700 ta urug‘ tugadi. Urug‘i pishishi bilan tezda unib chiqadi. 
Urug‘ini 0,5-1 sm ko‘milsa bas. Pishib etilmagan urug‘lari ham unib chiqadi. Birinchi yili o‘simlik 
faqat to‘pbarg va o‘qildiz, ikkinchi yili esa gullovchi poya chiqaradi. 
Izen – Kochia prostrata L. sho‘rodoshlar (CHenopodiaceae) lilasiga kiradi. 3 ball sho‘rlangan 
(1 m qatlamdagi quruq tuproq og‘irligiga nisbatan 0,1-0,2 % xlor bo‘lgan) erlarda keng tarqalgan. 
qurg‘oqchilikka chidamli. G‘o‘za ekinlari orasida kam uchraydi. SHo‘rxoq erlarni o‘zlashtirishda 
agrotexnikaviy tadbirlarning sifatiga va o‘z vaqtida o‘tkazilishiga qarab, birinchi uch yil ichida 
yo‘qolib ketadi. Izen kalta tukchalar bilan qoplangan, bandsiz, ingichka barglari to‘p-to‘p bo‘lib 
joylashgan tipik yarim bo‘ta. Mevasi yarim doira shaklda, parda qanotchali. Maydan iyulgacha 
gullaydi, iyundan oktyabrgacha hosil tugadi. 
SHo‘rak – Salsola verrucosa M. B. SHo‘rakdoshlar (CHenopodiaceae) oilasiga kiradi. 5 ball 
sho‘rlangan (1 m qatlamda quruq tuproq og‘irligiga nisbatan0,3-0,4 % xlor bo‘lgan) sho‘rxoq 
tuproqlshi erlarda ko‘p uchraydi. G‘o‘za ekini orasida kam uchraydi. U erni chuqur haydash bilan 
tez yo‘qotiladi. SHo‘rak bo‘yi 50 sm gacha bo‘lgan bo‘ta, kul rang tukchalar bilan qoplangan
o‘rtasidan shoxlangan bir necha poyasi bor. Bandsiz uchki barglari seret, ensiz, bir oz tukli va 


to‘mtoq bo‘ladi. Guli sarg‘ish-yashil, mayda, g‘uj bo‘lib to‘plangan. Mevasi sariq qanotchali
yarim doira shaklda. Iyun-sentyabrda gullaydi, iyul-oktyabrda hosil tunadi. 

Download 340.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling