O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


Download 101.82 Kb.
bet3/57
Sana20.12.2022
Hajmi101.82 Kb.
#1035466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован

Hujayraning tuzilishi. Hujayrani oddiy yorug‘lik mikros-kopida va elektron mikroskoplarida ko‘rish mumkin. Oddiy yorug‘lik mikroskopida hujayrani quyidagi qismlari ko‘rinadi: 1) Sitoplazma;

2) hujayra shirasi - vakuola; 3) po‘sti; 4) yadrosi.
Elektron mikroskopda esa hujayraning yorug‘lik mikroskopida ko‘rinmagan qismlari ham ko‘rinadi: 1) membrana; 2) teshikcha; 3) yadro; 4) endoplazmatik tur; 5) yadrocha; 6) mitoxondriy; 7)
plastida; 8) vakuola; 9) Goldjiy apparati; 10) ribosoma.
Hujayraning ichki bo‘shlig‘ini to‘ldirib turgan shilimshiq modda sitoplazma - protoplazama, plaz- ma deb ataladigan yarim suyuq kolloid massadan, ancha quyuq jisim - yadro va alohida qo‘shilmalar-
plastida, mitoxondriya va ribosomalardan tuzilgan. Shu kabi hujayraning tirik qismlari, umumiy nom bilan protoplast deb ataladi. Hujayraning po‘sti va hujayra shirasi, uning o‘lik qismi bo‘lib hisoblanadi. Hujayraning har bir tirik qismi organoid deb ataladi va ma’lum bir hayotiy funksiyani bajaradi.
Hujayraning o‘lik qismlari ham tegishli rol o‘ynaydi. Hujayraning barcha organoidlari o‘zaro bog‘langan juda murakkab biologik sistemadir.

    1. Sitoplazma. O‘simliklar tirik hujayrasining sitoplazma-si (protoplazmasi) tashqi ko‘rinishdan tuxum oqiga o‘xshaydigan shilimshiqsimon rangsiz suyuqlikdir. Uning solishtirma og‘irligi 1,01- 1,06 bo‘lib, tarkibida 90 % gacha suv bo‘ladi. Bu suv erkin holda yoki oqsil molekulalari bilan bog‘langan bo‘ladi. U quyosh nurini nisbatan ko‘proq sindiradi, shu sababli mikroskop ostida yaxshi ko‘rinadi.

Sitoplazma yorug‘lik mikroskopi yordamida gialoplazma deb ataluvchi bir xil tarkibli, suyuq modda va unga yopishgan mayda donachali zarrachalar granulalarga ajratiladi. Gialoplazma- sitoplaz- maning matirikasi bo‘lib hisoblanadi. Gealoplazma elektron mikroskop orqali ko‘rilsa, endoplazmatik to‘r, Goldji apparati, ribosoma, sferosoma, mitoxondriy, mikrotrubka kabi organellardan tashkil top- ganini ko‘ramiz.
Sitoplazmaning kimiyoviy tarkibi juda murakkab. Unda anorganik moddalardan: SO2 O2 N, N hamda kalsiy, fosfor, kaliy mikroelementlardan esa temir, marganes, natriy, xlor, magnit, brom, yod (suv o‘tlarida), mis, kobalt, sink va boshqalar bor. Sitoplazmada 80 % suv, 12% oqsillar, 2 %, nuklein kislotalar, 5 % yoglar, 1-2 % uglevod mavjud. Sitoplazmaning hujayra devoriga taqalgan qavati plaz- malemma, vakuolalariga taqalgan qavati esa tonoplast deb ataladi. Plozmolemma bilan tonoplast yupqa parda, ya’ni plazmatik membrana bo‘lib, juda yopishqoq va qayishqoqdir. Uning qalinligi 75-95 A ga teng.

Download 101.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling