Sferosomalar. 1880 - yilda Ganshteyn sitoplazma tarkibida, zich moddalardan iborat, yorug‘likni kuchli ravishda sindiradigan mayda jismlar borligini aniqlab, ularni mikrosomalar deb atadi. Mikroso- maning diametri 0,5- 0,1 mk ga teng. 1953-yili (Perner) “mikrosoma” terminini “sferosoma” bilan almashtirdi.
Sferosomalar endoplazmatik to‘r tortmalaridan ajralib chiqadi. Bir qavat membrana bilan qoplangan sferosomalar yog‘ sintezida ishtirok yetadi.
Mitoxondriylar. Mitoxondriy so‘zi grekcha, “mitos” - ip, “xondrion”- granula, ipsimon granula
degan ma’noni bildiradi.
Birinchi marta mitoxondriylar o‘simliklarda, (xondriosoma nomi bilan) 1904 - yilda Meves tomonidan ko‘zasimon changdon- topetum hujayrasida topilgan. Hozirgi vaqtda mitoxondriylar o‘simliklar-ning barcha sistematik guruhlarida uchrashligi aniqlangan.
Hujayraning xili va uning bajaradigan fuknsiyasiga ko‘ra mitoxondriylar soni 50 tadan 5000 taga- cha bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda mitoxondriylar uglevodlarni, qator aminokislotalarni, yog‘ va uch karbonat si- klidagi kislotalarni parchalashi hamda nafas olish jarayonini boshqarishi uzil- kesil aniqlangan.
Mitoxondriylarning asosiy vazifasi energiyaning bosh manbai bo‘lgan ATF ishlab chiqarilishida ishtirok etish. Bulardan tashqari ularda fosfolipidlar va oqsil sintezi ham boradi.
Plastidalar. Plastidalar yashil o‘simliklarda uchraydi. Zamburug‘lar, bakteriyalar, shilimshiqlarda plastidalar bo‘lmaydi. 1676 - yili Levenguk spirogira suvo‘tlari hujayralarida plastidalar borligini bi- rinchi bo‘lib topdi. Plastidalarni keyinchalik 1882- yili Shimper degan olim chuqur o‘rgandi va ularni uch tipga ajratdi. 1)Xloroplastlar. 2) Xromoplastlar. 3) Leykoplastlar.
Savollar:
Hujayra deganda nimani tushunasiz?
Hujayra qanday qismlardan tashkil topgan?
Hujayraning qanday qismlariga protoplast deyiladi?
Sitoplazma qanday qismlardan tashkil topgan?
Plastidlar hujayraning qanday organoidi?
Plastidalar necha xil bo‘ladi?
Plastidalarda qanday rang beruvchi pigmentlar bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |