O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalari va innovatsion rivojlanish instituti
Download 249.27 Kb.
|
10-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv o‘lkashunoslik atlaslari va o‘quv topografik kartalar
Maxsus maktab o‘quv kartalari
Geografiyani o‘rganishda har xil maxsus kartalar, yozuvsiz (soqov) va yarim soqov karta va sxemalar qo‘llaniladi. Yozuvsiz kartalarda kartografik to‘r berilib, asosiy geografik obyektlar ko‘k rangda tasvirlanadi. Yozuvsiz kartalar o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulot o‘tkazishlari va mustaqil ishlashlari uchun zarur vositadir. Yozuvsiz kartalar o‘quvchilarning geografiyadan olgan bilimlarini ularning xotirasida mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. O‘rta maktab geografiya dasturlarida barcha sinflar uchun yozuvsiz kartalarda geografik obyektlarning o‘rni va chegaralari aniqlanib, chiziladi, so‘ng nomlari yoziladi. Bu ishlar devoriy kartalardan yoki atlaslardagi kartalardan foydalangan holda dastlab o‘qituvchi yordamida bajariladi. 5—6-sinflarda esa mavzuli kartaga tushiriladigan geografik obyektlar biroz murakkablashadi. Dastlab o‘quvchilarga mavzuli kartada materiklar, okeanlar, yirik dengizlar va ko‘llarning nomlarini yozish yo‘li o‘rgatilsa, so‘ng mintaqalar va davlatlar, ulardagi kichikroq geografik hududlarning aholisi, iqlim ko‘rsatkichlari, hayvonot dunyosining joylanishi ko‘rsatiladi. Har qanday yozuvsiz kartalar bilan ishlaganda, tasvirlanayotgan geografik obyektlarni o‘qish uchun kartaning chegarasidan tashqarisidagi bo‘sh joyga legenda berilishi shart, legendasiz kartani o‘qib bo‘lmaydi. O‘quvchi yozuvsiz kartalardan foydalanayotganda tasvirlanayotgan geografik obyektlarni tushunib chizishi zarur. Shundagina bunday ma’lumotlar o‘quvchilar xotirasida saqlanib qoladi. O‘quvchilar yozuvsiz karta bilan ishlash natijasida fikrlash bilan birga ijodiy ish ham bajaradilar. O‘quv o‘lkashunoslik atlaslari va o‘quv topografik kartalar Sobiq Ittifoq davrida har bir respublikaning o‘quv-o‘lkashunoslik atlaslari nashr qilingan edi. Bunday ishlar dastlab 1961-yilda Rossiyaning Tambov viloyati atlasini nashr qilish bilan boshlangan edi. Shu tiðdagi atlaslarning 50 dan ortig‘i nashr qilingan, bu atlaslar o‘quvchilarning o‘z o‘lkalarini o‘rganishlarida katta ahamiyatga ega. Lekin bunday atlaslar o‘sha paytlarda faqat Rossiya federatsiyasi oblastlari uchun chop etilib, boshqa respublikalarning oblastlari uchun nashr qilinmagan. Lekin mustaqillikdan so‘ng Ukraina Respublikasi viloyatlarining ham shunday atlaslari chop etilmoqda. 1981-yilda O‘zbekistonning ham o‘quv-o‘lkashunoslik atlasi chop etildi. Atlas hajmi va jihozlanishi bo‘yicha ancha yuqori saviyada tuzilgan. Hozirgi vaqtda respublikamiz viloyatlarining ham o‘quv-o‘lkashunoslik atlaslarini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Chunki respublikamiz viloyatlarining tabiati rang-barang, iqdisodiyoti turlicha bo‘lib, har bir viloyat yoki mintaqa (iqtisodiy geografik rayon)lar uchun shunday atlas yaratish zaruriyati tug‘ilmoqda. Masalan, Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi hamda O‘zbekistonning janubiy qismi atlaslari va h.k.lar. Eng muhimi, bunday o‘quv-o‘lkashunoslik atlaslarini yaratuvchi kadrlar va nashr qiluvchi kartografik fabrikalar mavjud. O‘quv topografik kartalar va ulardan foydalanish. Yuqorida topografik karta to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan, ya’ni uning dalada topografik syomka yordamida vujudga kelishi, mazmuni va xususiyatlari to‘g‘risida aytib o‘tilgan edi. Download 249.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling