Mehnatni va unga haq to‘lashni hisobga olish, unda qo‘llaniladigan hujjatlar bilan tanishish va ularni to‘lg‘azishni o‘rganish
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lashni yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi), korxonalarning jamoat shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Xodim bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida mehnat munosabatlari xodimning korxona direktori nomiga ishga olish to‘g‘risida ariza yozadi. So‘ng bo‘lajak xodim bilan mehnat shartnomasi tuziladi hamda xodimni ishga olish to‘g‘risida buyruq tayyorlanadi.
Mehnat shartnomasi
O‘zR MKning 74-moddasiga asosan ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasi xodimni ishga olish vaqtida yozma ravishda tuziladi. Mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zR Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida" gi Qarori (2-ilova) da tavsiya etilgan.
Ushbu shartnoma doimiy xodimlar (nomuayyan muddatga qabul qilingan) bilan bir qatorda, muayyan muddatli mehnat shartnomasi asosida qabul qilingan (besh yil muddatgacha, muayyan bir ishni bajarish uchun va hokazo) xodimlar bilan asosiy ish joyida va o‘rindoshlikda, uy mehnatidagi xodimlar va hokazolar bilan ham tuziladi. Mehnat shartnomasi xodim va ishga olish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs imzolari bilan hamda imzo chekilgan sana ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi. Mansabdor shaxs imzosi, imzoning haqiqiyligi va huquqiy kuchga ega ekanligini ta'kidlash tariqasida korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish, unda qo‘llaniladigan hujjatlar bilan tanishish va ularni to‘lg‘azishni o‘rganish
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobi 6010 – “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 4020 – “Berilgan veksellar” schyotlarida to‘ldiriladi.
Korxona o‘z moliyaviy – xo‘jalik faoliyatida yetkazib berilgan boyliklar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar, uchun boshqa korxonalar bilan o‘zaro naqd pulsiz hisob- kitob munosabatlari amalga oshiriladi. Hisob – kitoblar shartnoma asosida hamda unda ko‘rsatilgan shartlar asosida kelishuv tuzilishi natijasida haq to‘lash asosida amalga oshiriluvchi jarayon.
Shartnoma
Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Sh. mazmuni bayon qilingan hujjat ham "SH." termini bilan ataladi. "SH." soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Sh. tuzishda erkindirlar. Sh. tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, Sh. tuzish burchi qonunlarda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Iqtisodiy shartnoma savdo shartnomasining turlaridan biri bo‘lib, unga o‘xshash. Ushbu shartnomaga muvofiq, etkazib beruvchi tovarni qabul qilish va unga ma'lum miqdorda pul to‘lash majburiyatini olgan xaridorga mol-mulkni (to‘liq xo‘jalik yuritishi yoki operativ boshqaruv) o‘tkazish uchun shartnoma tuzish paytiga to‘g‘ri kelmaydigan belgilangan muddatlarda (muddatda) majburiyatini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |