O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза матни Смета иши
Ssmr=SF+TX+EX
To’g’ri xarajatlar(TX)ga quyidagilar kiradi: ishchi-quruvchilarning ish haqi, materiallar, detallar va konstruksiyalar qiymati, qurilish mashinalari va mexanizmlari ekspluatatsiya xarajatlari. To’g’ri xarajatlar qurilish-montaj ishlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Ishchi-quruvchilarning ish haqi - qurilish maydonchasida ishlab chiqarishda qatnashayotgan barcha ishchilarning ish haqi bo’yicha barcha xarajatlari kiradi. Qurilish mashinalarini boshqarishda band bo’lgan ishchilarning ish haqi mazkur mashinaning ekspluatatsiya xarajatlari tarkibiga kiradi. Ushbu xarajatlarga tashkilotning boshqa xo’jalik ishlarida ishlayotgan ishchilarning ish haqi kiritilmaydi. Material qiymatiga qurilish-motaj ishlari uchun zarur bo’lgan materiallarni, yarimfabrikatlarni, buyumlarni, detallar va konstruktsiyalarni sotib olish, hamda ularni qurilish moydonchasiga olib kelish, to’plash bilan bog’liq xarajatlar kiradi. Barcha qurilish materiallari, konstruktsiyalari va detallari ikki guruxga: mahalliy va keltiriladigan guruhlarga bo’linadi. Mahalliy materiallarga qurilish atrofida joylashgan qurilish materiallari industriyasi sanoatidan kelib tushadigan materiallar tushuniladi. Bularga g’isht, toshlar, qumlar, beton qorishmalari, beton va temir betonli konstruktsiyalar kiradi. Keltiriladigan materiallarga sanoat korxonalaridan olib kelinadigan yog’och va metal konstruktsiyalar, metallar, sement, yog’och va taxtalar, oynalar va hakozolar kiradi. Materiallarning smeta narxi xududlar bo’yicha ishlab chiqilgan normativlar bo’yicha aniqlanib, uning tarkibiga sotish narxi, transport xarajatlari, tayyorlovchi va yetkazib beruvchi tashkilotlar ustama xarajatlari, tayyorlash va saqlash omborxona xarajatlari kiradi. Transport xarajatlarining qiymati smeta narxining ancha qismini tashkil qiladi. “Franko” tushunchasi qurilish tashkilotiga materiallarni yetkazib berish chegarasini tavsiflaydi. Mana shu momentdan keyin materialning egasi bo’lib qurilish tashkiloti hisoblanadi, qurilish tashkiloti materiallarni saqlash, transportirovka qilish kabi barcha xarajatlarni o’z zimmasiga oladi. Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya xarajatlari u yoki bu turdagi qurilish mashina va uskunalarini mash-soat ekspluatatsiya qilish ta’riflari asosidagi qiymati bilan aniqlanadi. Mash-soat qiymati odatda kalkulyatsiya bilan aniqlanadi. Mash-soat qiymatiga: mashinani qurilish maydonchasiga olib kelish, amartizatsiya ajratmalari, uni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, montaj va demontaj qilish, ta’mirlash, mashinistning va boshqa xizmat ko’rsatuvchi personallarning ish haqi, yonilg’i-moylash materiallari xarajatlari kiradi. Smetani tuzishda to’g’ri xarajatlar jismoniy ish hajmlari, inshoatning konstruktiv yechimlari, ishlab chiqarish texnologiyasi va qurilishni tashkil etishda qo’llaniladigan usullar, alohida ishlarning birlik narxlari asosida aniqlanadi. Ustama (egri) xarajatlar qurilishning smeta qiymatida qurilish tashkilotining qurilishni tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq, qurilish ishlab chiqarishining normal funksiyasini bajarish uchun sharoitlar yaratish, qurilish- montaj ishlarini tashkil etish va xizmat ko’rsatish kabi qo’shimcha xarajatlarini qoplashni ko’zda tutadi. Ustama xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi. Sharoitdan kelib chiqqan holda ustama xarajatlar to’rtta qismga ajratiladi. 1. Ma’muriy-xo’jalik xarajatlari: muxandis-texnik xodimlar va mayda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ish haqi; kanselyariya va pochta-telegraf, mehnat safari xarajatlari; maslahat va auditorlik xizmatlariga to’lovlar; boshqaruv xodimlarining ijtimoiy zaruriyatiga ajratmalari; boshqa ma’muriy-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq xarajatlar. 2. Qurilishda ishchi xodimlarga xizmat ko’rsatuvchilarga, kadrlarni qayta tayyorlashga sarflar; qurilishga jalb qilingan ishchilarning sog’lig’ini saqlashaga, ijtimoiy sug’urta qilishga, mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiena va maishiy sharoitlarni ta’minlash xarajatlari. 3. Qurilish maydonchasida tashkiliy ishlar xarajatlari: yong’in xavfsizligi, qarovullarni saqlash, labaratoriyalarni saqlash, qurilish maydonchasini obodonlashtirish va uni saqlash xarajatlari. 4. Boshqa ustama xarajatlar: qurilish tashkiloti mulkining sug’urta xarajatlari, reklama xarajatlari, bank kreditlariga foiz to’lovlar va boshqalar. Ustama xarajatlarga kiruvchi kompleks xarajatalar ustama xarajatalar shartli-doimiy qismiga; ma’muriy xo’jalik va xizmat ko’rsatuvchi personallarga, qurilish maydonchasini qo’riqlash va yoritish kabi xarajatlarga bo’linadi. Shartli- doimiy xarajatalar miqdori asosan qurilishning dovom etish muddatiga bog’liq bo’lib, odatda bosh pudratchilarda ustama xarajatlarning 50%, subpudratchilarda- 30%ni tashkil etadi. Smeta foydasi- bu qurilish tashqilotining ishlab chiqarishni rivojlantirish va ishchilarni moddiy rag’batlantirish sarflarini qoplash bo’yicha pul mablag’lari ajratmasidir.(Smeta foydasi ishlarning tannarxi tarkibiga kirmaydi). Bu sarflar ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalarni modernizatsiya qilish, asosiy fondlar ob’ektlarini rekonstruktsiya qilish, qisman aylanma mablag’larni to’ldirish, qonunda ko’rsatilgan me’yorda foyda solig’ini to’lash; ishchilarni moddiy rag’batlantirish; moddiy yordam ko’rsatish; ijtimoiy muhitni rivojlantirish; sog’liqni himoyalash va dam olishlarga sarflaniladi. Smeta foydasi ishchi va mexanizatorlar ish haqining 65% miqdorida aniqlaniladi. Smeta foydasini to’g’ri va ustama xarajatlarning 12% miqdorida bo’lishi ruxsat etiladi. Qurilish-montaj ishlarining taxminiy tarkibi quyidagicha bo’lishi mumkin,%: To’g’ri xarajatlar 65-80% Jumladan, ishchilar maoshi 10-17% Materiallar, xom-ashyo qiymati 50-60% Mashina va uskunalar ekspluatatsiyasi 5-10% Qo’shimcha xarajatlar 12-20% Smeta foydasi 8-11% Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling