O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Qurilishning smeta qiymatini aniqlash usullari


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/75
Sana28.01.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1137017
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
Маъруза матни Смета иши

Qurilishning smeta qiymatini aniqlash usullari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilishning smeta qiymati quyidagi usullar 
yordamida aniqlanadi:

Resurs usuli; 

resurs-indeksli usul; 

bazisli-indeksli; 

yiriklashtirilgan smeta normativlar asosida. 
Qurilishning smeta qiymatini resurs usulida aniklashda bino va inshootlar 
qurilishiga sarf qilinadigan resurslar miqdori xisoblanadi. Resurslarning qiymati 
saflanadigan xom-ashyoni joriy narxlarda yoki prognoz-taxminiy narxlarda olingan 


qiymati bilan aniqlanadi. Bu resurslarga mehnat xarajatlari, qurilish materiallari va 
mashina va mexanizmlari xarajatlar ham kiradi.
Resurs-indeksli usulda - qurilish narxi qurilishda ishlatiladigan yirik qiymatga ega 
materillarning sarfi bilan aniqlanadi, chunki ularning ishlatilish sarfiga qarab 
narxining o’zgarishi qurilishga ajratilgan xarajatlardan oshib ketishi mumkin.
Bazisli-indeksli usulda qurilishning smeta qiymati resurslarning bazisli narxlarida 
xisoblanib, narxlar umumiy indeksiga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pudratchi tomonidan qurilish montaj ishlarini amalga 
oshirishning eng ishonchli usuli bu resurs usuli hisoblanadi. Chunki u 
qyyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq moddiy, mehnat resurslari va qurilish 
mashinalariga bo'lgan ehtiyoj loyihalaga asosan amalga oshiriladi; 
- loyixaga asosan qurilish materiallari va xom-ahsyo sarfi real narxlar asosida 
amalga oshiriladi; 
- shu jumladan real transport xarajatlari; 
- qurilish mashinalari va mexanizmlari ekspluatasiyasining qiymati mashina 
soatlari ko’rsatkichida hisoblangan haqiqiy tannarx va standart rentabellik asosida 
tayyorlanganligi; 
- buxgalteriya bo'limi tomonidan hisoblangan asosiy va qo’shimcha ishlovchi shchi 
xodimlarning qurilish kasblari bo'yicha pog’onali ish haqining real darajasi 
to'g'risidagi ma'lumotlar; 
- ish safari, smenali navbatchilik, qurilish ishchilari va boshqalarni hisobga olgan 
holda qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, boshqarish va saqlash uchun 
xarajatlarning kattaligi to'g'risidagi ma'lumotlar. 
Nazorat savollari
1.Qurilish maxsulotiga narxni shakllantirish jarayoniga qurilishning kanday 
xususiyatlari ta’sit etadi? 
2. O’zbekiston Respublikasida kapital qurilishda baxoni shakllantirish 
siyosati nimadan iborat? 
3.Qurilishda loyixalash necha boskichda amalga oshiriladi? 
4.Qurilishning smeta qiymati kanday xarajatlarni o’z ichiga oladi? 
5.Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati kanday elementlardan iborat? 
6.To’g’rii xarajatlarga nimalar kiradi? 
7.To’g’rii xarajatlar kanday aniklanadi? 
8.Ustama xarajatlarga kanday xarajatlar kiradi? 
9.Ustama xarajatlar kanday aniklanadi? 
10. Qurilishning smeta qiymati kanday usullar erdamida aniklanadi? 



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling