O’zbеkiston Rеspublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishda menejment kafedirasi
Kommunal soha korxonalarining faoliyati samaradorligini baholash ko’rsatgichlari
Download 112.05 Kb.
|
Baratov Shahobiddin kurs ishi
1.3 Kommunal soha korxonalarining faoliyati samaradorligini baholash ko’rsatgichlari.
Hozirgi kunga qadar kommunal soha korxonalarining faoliyatini baholashda asosiy ko'rsatkich mahsulot (xizmatlar) ni yetkazib berishdan kelgan daromadlar hisoblangan. Korxonalar iqtisodiy faoliyatini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tajribalar natijasiga k o 'ra bu ko'rsatkich korxonalarning issiqlik, elektr energiyasi, suv, gaz va boshqa resurslardan tejamli foydalanishlarini va o'z faoliyatlarini tejamkorlikka intilish asosida tashkil etishlari rag'batlantirilmagan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoq tasarrufidan qat’iy nazar har bir korxonaning iqtisodiy samara olish bilan birga energiyaresurslardan oqilona foydalanishga intilishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Resurslar tejamkorligiga intilish ayniqsa monopol hisoblanuvchi kommunal xo'jalik korxonalarning iqtisodiy faoliyatida muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Kommunal xo'jaligi korxonalarining moliyaviy xo'jalik faoliyatini o'rganishda amaliyotda qo'llanilayotgan iqtisodiy qonuniyatlar va uslublar asosida tahlil etish bilan bir qatorda tarmoq xususiyatiga tegishli ko’rsatkichlarni o’rganishni taqozo etadi. Quyida ushbu ko’rsatkichlar tizimini o'rganishni amaliyotga bog’lagan holda tushuntirish maqsadida gaz xo'jaligi korxonalari misolida o'rganib chiqamiz. Ushbu tizimdan kommunal xo'jaligi sohasining faoliyatlari o'xshash bo'lgan suv ta’minoti, isitish, elektr energiyasi va boshqa soha korxonalari iqtisodiy faoliyatini o'rganishda foydalanish mumkin. Gaz xo'jaligi korxonalarida ekspluatatsiya jarayonini taminlovchi xodimlarining muhim vazifalari, aholi va korxonalarni gaz bilan muntazam, havfsiz va tejamli ta’minlashdan iborat bo'ladi. Mazkur istemolchilarga xizmat ko'rsatish ishlari gaz xo'jaligida ekspluatatsiya xarajatlarining asosiy qismini tashkil etadi. Gaz korxonalarining muhim vazifalaridan biri nafaqat yoqilg'i bilan uzluksiz ta’minlash, balki gaz resurslaridan tejamli foydalanishga erishishdan iboratdir. Bu o 'z navbatida, gaz xo'jaligida ishlab chiqarish jarayonining eng kam ekspluatatsiya xarajatlariga yo'l qo'ygan holda belgilangan maqsadga erishish imkonini beradi. Shu munosabat bilan ular faoliyatini baholovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri sifatida aholi va kommunal korxonalarga gaz yetkazib berishdan tushgan daromad ko'rsatkichini olish mumkin, u quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: Кl — Damalda: Dreja, Bunda: Damalda va Dreja — mos holda amaldagi va rejadagi aholi va kommunal maishiy korxonalarga gaz yetkazib berishdan tushgan daromadlar miqdori, ming so'm. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillaridan asosiysi resurslami iqtisod qilishdir. Hozirgi kunga qadar gaz ta’minoti korxonalari ko'proq gaz yetkazib berish yo'li bilan katta foyda olish rejasini iqtisod va tejamkorlik uchun kurash bilan bog'lamas edilar. Bunga sobiq tizimdan qolgan taqsimlash mexanizmi limit ajratish yo'l qo'ymasdi. Korxonada gaz qancha tejalsa, tejalgan ko'rsatkich keyingi yilgi limitdan kesib qolinardi. Uning ustiga, gazni tejagani uchun rag’batlantirish tizimi mavjud bo'lmay, gaz iste’mol qilishning kamayishi korxona daromadini kamayishiga va o'z navbatida rag'batlantiruvchi fondlarning kamayishiga olib kelardi. Amalda tejash imkoni mavjud bo'lishiga qaramay sarflangan gazning qiymati korxona tomonidan uni sotishdan olgan daromaddan bir necha o’n marta katta summani tashkil etardi. Shu sababli monopolist hisoblanuvchi gaz ta ‘minoti korxonasining xo’jalik faoliyatini baholashda asosiy ko’rsatkichlardan biri sifatida gazni iqtisod qilish ko'rsatkichini joriy etish maqsadga muvofiq. Turli energiya ta‘minoti xo'jaliklarining faoliyatini baholashda resurslardan tejamli foydalanish darajasi ushbu formula bo'yicha aniqlanishi mumkin: К2 = SREJA(LIMIT): SAMALDA Bunda: S r e j a (LIMi t) — hisobot davrida rejalashtirilgan (limit ajratilgan) gazning miqdori, min m3; Download 112.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling