O’zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalar vazirligi muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


Download 372.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana02.11.2023
Hajmi372.22 Kb.
#1741118
1   2   3   4   5
Bog'liq
malumotlar tuzulmasi 1 mustaqil ish

Maydon – bu ob’ektlarning attributlari yoki xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha 
bo’lib, sonli yoki son bo’lmagan qiymatlarni o’zlashtirishi mumkin. 
Yozuv – bu bironta ob’ektga tegishli turli toifadagi maydonlar to’plamidir. 
Fayl - bu bir-biriga bog’liq bo’lgan yozuvlar to’plamidir. Masalan, barcha talabalar 
xaqidagi yozuvlarni o’z ichiga olishi mumkin
Kalit – bu yozuvdagi maydon bo’lib, aynan shu yozuvni boshqa yozuvlardan ajratib 
turishga xizmat qiladi, uning qiymati boshqa yozuvlarda takrorlanmas hisoblanadi. 
Ba’zida bittadan ko’p maydonlar qiymatlari elementlararo betakror bo’lishi mumkin 
va bunga karrali kalit deyiladi. Ko’pincha asosiy kalit hisoblanadigan bitta maydon 
ma’lumoti ishlatiladi va u boshlang’ich kalit deyiladi, qolganlari esa alternativ 
kalit deyiladi. Ba’zida esa yozuvlaning yagona qiymatlatli kalit maydonni yo’qligi 
sababli kalit sifatida bir nechta maydonlar olinadi va ularga tarkibli 
kalit deyiladi. Eng yomon holatda, ba’zan shunaqa bo’lishi mumkinki, bironta 
maydon kalit bo’la olmasa, har bit elementga qo’shimcha, qiymati yagona bo’lgan 
kalit maydon kiritiladi. 
Axborot.Ko’pincha ma’lumot va axborot tushunchalarini bir xil ma’noda ishlatishadi. 
Lekin aslida esa axborot bu ma’lumotga qaraganda kengroq tushunchadir.Axborot bu 
qayta ishlangan ma’lumotdir.Ma’lumot esa qiymatlar yig’indisidir, yani bironta 
yakuniy xulosa bermaydi.Qaror qabul qilishda xali foyda bermaydi. Ma’lum 
qoidalar asosida qayta ishlangach, yangi xosil qilingan ma’lumotlar axborotga 
aylanadi va qaror qabul qilishda foydali hisob
lanadi. 
Ma’lumot - bu biror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) 
beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir. 
Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarni bir 
qancha turlarga ajratish mumkin. 
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar dastur tuzish uchun zarur bo’lgan tushunchalar 
sifatida qaraladi. O’rnatilgan ma’lumotlar tuzilmasi ikkilik miqdor (kodlangan 
ma’lumot)lar saqlanadigan registrlar va xotira so’zlarini ifodalab beradi. Qurilmani 
loyihalash uchun ishlab chiqilgan algoritm – bu elektron mantiqiy qurilmalarda qat’iy 
amalga oshiriladigan qoidalar bo’lib, xotirada saqlangan ma’lumot bajarilishi lozim 
bo’lgan komanda sifatida bo’ladi. 
Dasturlash – bu nafaqat aqliy faoliyatni avtomatlashtirish, balki, ilmiy tadqiqot 
predmeti hisoblanadi. 
Qandaydir amaliy masalani yechish uchun dastur tuzish jarayoni quyidagi bir nechta 
bosqichlardan tashkil topgan: 
1. Masalaning qo’yilishi (qo’yilgan masalaga texnik topshiriqni ishlab chiqish); 


2. Rasmiylashtirish – formallashtirish (masalaning matematik qo’yilishi); 
3. Masalani yechish usulini tanlash (yoki ishlab chiqish); 
4. Algoritmni ishlab chiqish (algoritmlash); 
5. Dastur tuzish (dasturlash); 
6. Dasturni 
testlash va otladka qilish

7. Natijalarni hisoblash va qayta ishlash hamda dasturni hujjatlashtirish 
(foydalanuvchi yo’riqnomasini ishlab chiqish). 
Dasturlash jarayonini quyidagicha sxema orqali iqodalash mumkin: 
Ma’lumot va uning xotirada tasvirlanishi 
Hisoblash mashinalari yordamida har qanday masalani yechish ma’lumotlarni 
xotiraga yozish, xotiradan o’qish va uni qayta ishlashni hisobga olgan holda 
bajariladi. 
Nazariy jihatdan ma’lumot noaniqliklarni aniqlovchi vosita sifatida qaraladi. 
Faraz 
qilaylik
, biror bir tizimning N ta mumkin bo’lgan holati mavjud bo’lsin, har bir holat 
paydo bo’lishi mustaqil P ehtimolga ega bo’lsin. U holda bu tizimning noaniqligi 
quyidagi ko’rinishda aniqlanadi: 
=(P(i)*log

P(i)) 
Tizimning noaniqligini o’lchash uchun bit deb ataluvchi maxsus birlik qabul qilingan. 
Bit hech bo’lmaganda ikkita mumkin bo’lgan holatga bog’liq noaniqlik (yoki 
ma’lumot)ning o’lchovi hisoblanadi, masalan rost-yolg’on yoki bor-yo’q holatlar. Bit 
noaniqlik va axborotning o’lchovi sifatida qo’llaniladi, ya’ni olingan axborotlar soni 
axborotlarni olish natijasida yo’qotilgan noaniqliklar soniga teng. 
Ma’lumotlarni saqlash 
Kompyuterda eslab qoluvchi qurilmalarni asosiy uchta ko’rinishi mavjud: o’ta tezkor, 
tezkor va tashqi xotira. Odatda o’ta tezkor xotira registrlardan tashkil topgan bo’ladi. 
Registrlar ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish va akslantirish uchun qo’llaniladi. 
Juda muhim registrlardan ba’zilari komp’yuterning markaziy protsessorida 
joylashgan. Markaziy protsessor arifmetik amallarning argumentlari (ya’ni 
operandlar) joylashadigan (vaqtincha saqlanadigan) registrlardan tashkil topgan. 
Registrga yuborilagan ma’lumotlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallar 
juda murakkab mantiqiy sxema orqali bajariladi. Bundan tashqari, registrlarda 
boshqaruv ketma-ketligini to’g’ri bajarilishini tekshirish zaruriyatidan kelib chiqqan 
holda alohida bitlarda tahlil qilinadi. Arifmetik amallardagi operandlar va natijalarni 
vaqtincha saqlashdan tashqari, registrlar dastur komandalarini va keyingi 
bajariladigan komandaning tartib raqami haqidagi boshqaruv ma’lumotlarini ham 
vaqtincha saqlash vazifasini bajaradi. 



Download 372.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling