OʻZBEKISTON RESBULIKASIGA OID
SAVOLLAR
Oʻzbekiston Respublikasining yer maydoni qancha?
Javob: 448,9 ming km.kv.
Oʻzbekiston Respublikasining aholisi qancha?
Javob: 36 mln.dan ziyod.
Oʻzbekiston Respublikasi qaysi davlatlar bilan chegaradosh?
Javob: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Turmkmaniston, Tojikiston
respublikalari bilan.
Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi (soʻm) qachon taʼsis etilgan?
Javob: 1994-yil 1-iyulda
2023-yil qanday nomlangan?
Javob: “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim
tashabbusning yoʻnalishlarini aytib bering.
Javob: birinchi yoʻnalish: Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot,
teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish va isteʼdodlarini yuzaga
chiqarish;
Ikkinchi yoʻnalish: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasini
rivojlantirish;
Uchinchi yoʻnalish: Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali
foydalanish;
Toʻrtinchi yoʻnalish: Kitobxonlikni keng targʻib qilish;
Beshinchi yoʻnalish: Xotin-qizlar bilan ishlash.
Prezident asarlaridan sanab bering.
Javob: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanov xalqimiz bilan birga
quramiz”, “Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga koʻtaramiz”, “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”, “Niyati ulugʻ xalqning-
ishi ham ulugʻ, hayoti yorugʻ va kelajagi farovon boʻladi”, “Milliy tiklanishdan
milliy yuksalish sari”, “Erkin va farovon demokratik Oʻzbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz”.
Do'stlaringiz bilan baham: