Oʻzbekiston respublikasi siyosatiga oid savollar oʻzbekiston Respublikasining


Usmon Nosir qachon va qayerda tavallud topgan?


Download 50.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana02.06.2024
Hajmi50.6 Kb.
#1837686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Савол-жавоблар (2)

Usmon Nosir qachon va qayerda tavallud topgan? 
Javob: 1912-yil 13-noyabrda Namangan shahri Chuqurkoʻcha dahasida 
dunyoga kelgan. 
Viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalarini sanab bering. 
Javoab:
Namangan Davlat Universiteti; 


Namangan muxandislik-texnologiyalari instituti
Namangan muxandislik-qurilish instituti; 
Namangan pedagogika instituti; 
Chet tillari instituti; 
Namangan toʻqimachilik instituti; 
“Turon” instituti; 
“YOJDU” instituti; 
Xalqaro biznes maktabi; 
“Impuls” tibbiyot instituti.
 
BUYUK AJDODLARIMIZ HAQIDA SAVOLLAR 
 
Sohibqiron Amir Temur kim? 
Javob: Sohibqiron Oʻrta, Janubiy va Gʻarbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, 
Povoljya va Rus tarixida muhim oʻrin tutgan tarixiy shaxs, turkiy hukmdor, va 
sarkarda. Sohibqiron poytaxti Samarqand boʻlgan Temuriylar saltanati (1370-yil) 
asoschisi. U 1336-yil 9-aprelda Shahrisabzning Xoʻjailgʻor qishlogʻida tavallud 
topgan. 1405-yilda vafot etgan.
“Sohibqiron” soʻzining maʼnosi nima? 
Javob: “Sohibqiron” soʻzining arabcha “Saodatli, zafarli, gʻolib” kabi 
maʼnolari bor. Ilmi nujum (astro­logiya)da va afsonalarda Zuhra (Venera) – 
doʻstlik va mehru muhabbat tugʻyonlarini inʼom aylaguvchi, Mushtariy (Yupiter) – 
omadu iqbol, muzaffariyatu shodiyonalar sayyorasi deb taʼriflanadi. Shu ikki 
sayyoraning bir burjda uchrashgan vaqti saodatli lahzalardur, uni qiron deydilar
shunday vaqtda tugʻilgan bola oʻsha qiron sohibi hisoblanadi. Bunday bolaning 
baxtli, ulugʻ martabalar egasi boʻlishi oldindan bashorat etiladi. Sharq 
mamlakatlarida hukmdorlarga beriladigan sharafli unvon. Amir Temur Koʻragon 
ham shu unvonga musharraf boʻlgan. 
Oʻzbek jadidchilik harakati namoyondalaridan kimlarni bilasiz? 
Javob: Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxoʻja 
Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon, Abdulla 
Qodiriy, Isxoqxon Toʻra Ibrat, G„ulom Zafariy va b. 

Download 50.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling