Oʻzbekiston respublikasi siyosatiga oid savollar oʻzbekiston Respublikasining


Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari nimalardan iborat edi?


Download 50.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana02.06.2024
Hajmi50.6 Kb.
#1837686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Савол-жавоблар (2)

Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari nimalardan iborat edi? 
Javob: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod 
etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat 
hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyey monarxiya 
va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va 
farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin 
tuzish edi. Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarkand va Xivada hur fikrli va 


taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy 
yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan Jadidchilik harakati shakllangan edi. 
Buyuk jasorat koʻrsatgan ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz? 
Javob: Shiroq, Toʻmaris, Spitamen, J.Manguberdi. 
2022-yilda Usmon Nosir tavalludining necha yilligi nishonlandi? 
javob: 110-yilligi 
2023-yilda Alisher Navoiy hamda Z.M.Boburning necha yilligi 
nishonlandi? 
Javob: Alisher Navoiyning 582-yilligi, Z.M.Boburning 540-yilligi 
 
MAʼNAVIY-MAʼRIFIY YOʻNALISHDAGI SAVOLLAR 
 
“Maʼnaviyat” soʻzining maʼnosi nima?
Javob: “Maʼnaviyat” arabcha soʻz boʻlib, “Maʼnolar yigʻindisi” degan 
maʼnoni bildiradi. 
“Maʼrifat” soʻzining maʼnosi nima? 
Javob: Maʼrifat arabcha soʻz boʻlib, kishilarning ongini, bilimini
madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlim va tarbiya yigʻindisi.
“Gʻoya” deganda nimani tushunasiz? 
Javob: Gʻoya inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni 
maqsad sari yetaklayligan fikr. 
“Mafkura” deganda nimani tushunasiz? 
Javob: Mafkura arabcha soʻz boʻlib, fikrlar majmui degan maʼnoni 
bildiradi. Mafkura muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning 
manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish 
tizimidir. 

Download 50.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling