Oʻzbekiston respublikasi siyosatiga oid savollar oʻzbekiston Respublikasining


“Maʼnaviy meros” deganda nimani tushunasiz?


Download 50.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana02.06.2024
Hajmi50.6 Kb.
#1837686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Савол-жавоблар (2)

“Maʼnaviy meros” deganda nimani tushunasiz? 
Javob: Maʼnaviy meros – maʼnaviy taraqqiyot mahsuli, inson aql-zakovati 
bilan yaratilgan, kelajak avlodni ezgu taraqqiyot sari yetaklash xus-yatiga ega 
boʻlgan, kishilarning ongi va dunyoqarashining oʻsishi, olamni bilish va 
oʻzlashtirish borasidagi saʼy-harakatlariga kuch-quvvat beradigan ajdodlardan 
avlodlarga oʻtib kelayotgan azaliy qadriyatlar majmuini ifodalaydigan tushuncha. 
“Rennesans” soʻzining maʼnosi nima? 
Javob: Fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib, “Uygʻonish”, “Yangilanish” 
degan maʼnolarni bildiradi.
“Jadid” soʻzining maʼnosi nima?
Javob: Arabcha soʻzdan olingan boʻlib, “Yangi” degan maʼnoni bildiradi. 
 
 


MEʼMORIY OBIDALARIMIZGA OID SAVOLLAR 
Viloyatimizdagi muqaddas qadamjolardan qaysilarini bilasiz? 
Javob: Mugʻ qalʼasi, Munchoqli tepa yodgorligi, Axsikent muzeyi, Ibrat 
muzeyi, Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi, Bibi Naima ziyoratgohi. 
“Registon maydoni”
 yurtimizning qaysi shahrida joylashgan? 
Javob: Samarqand shahrida 
Qaysi 3 ta madrasalar jam boʻlib, “Registon maydoni”ni tashkil 
qiladi? 
Javob: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), 
Tillakori madrasasi (1647-1660). 
 
BILISHIMIZ LOZIM. 
 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasini aytib 
bering.
Javob: Oʻzbekiston-boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan 
suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning 
“Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” degan nomlar bir maʼnoni anglatadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasini aytib 
bering.
Javob:Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili-oʻzbek tilidir.

Download 50.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling