Namangan muxandislik-texnologiyalari
instituti;
Namangan muxandislik-qurilish instituti;
Namangan pedagogika instituti;
Chet tillari instituti;
Namangan toʻqimachilik instituti;
“Turon” instituti;
“YOJDU” instituti;
Xalqaro biznes maktabi;
“Impuls” tibbiyot instituti.
BUYUK AJDODLARIMIZ HAQIDA SAVOLLAR
Sohibqiron Amir Temur kim?
Javob: Sohibqiron Oʻrta, Janubiy va Gʻarbiy Osiyo,
shuningdek, Kavkaz,
Povoljya va Rus tarixida muhim oʻrin tutgan tarixiy shaxs,
turkiy hukmdor, va
sarkarda. Sohibqiron poytaxti Samarqand boʻlgan Temuriylar saltanati (1370-yil)
asoschisi. U 1336-yil 9-aprelda Shahrisabzning Xoʻjailgʻor qishlogʻida tavallud
topgan. 1405-yilda vafot etgan.
“Sohibqiron” soʻzining maʼnosi nima?
Javob: “Sohibqiron” soʻzining arabcha “Saodatli, zafarli, gʻolib” kabi
maʼnolari bor. Ilmi nujum (astrologiya)da va afsonalarda Zuhra (Venera) –
doʻstlik va mehru muhabbat tugʻyonlarini inʼom aylaguvchi, Mushtariy (Yupiter) –
omadu iqbol, muzaffariyatu shodiyonalar sayyorasi deb taʼriflanadi.
Shu ikki
sayyoraning bir burjda uchrashgan vaqti saodatli lahzalardur,
uni qiron deydilar,
shunday vaqtda tugʻilgan bola oʻsha qiron sohibi hisoblanadi. Bunday bolaning
baxtli, ulugʻ martabalar egasi boʻlishi oldindan bashorat etiladi.
Sharq
mamlakatlarida hukmdorlarga beriladigan sharafli unvon. Amir Temur Koʻragon
ham shu unvonga musharraf boʻlgan.
Oʻzbek jadidchilik harakati namoyondalaridan kimlarni bilasiz?
Javob: Abdulla Avloniy,
Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxoʻja
Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon,
Abdulla
Qodiriy, Isxoqxon Toʻra Ibrat, G„ulom Zafariy va b.
Do'stlaringiz bilan baham: