taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy
yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan Jadidchilik harakati shakllangan edi.
Buyuk jasorat koʻrsatgan ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?
Javob: Shiroq, Toʻmaris, Spitamen, J.Manguberdi.
2022-yilda Usmon Nosir tavalludining necha yilligi nishonlandi?
javob: 110-yilligi
2023-yilda Alisher Navoiy hamda Z.M.Boburning necha yilligi
nishonlandi?
Javob: Alisher Navoiyning 582-yilligi, Z.M.Boburning 540-yilligi
MAʼNAVIY-MAʼRIFIY YOʻNALISHDAGI SAVOLLAR
“Maʼnaviyat” soʻzining maʼnosi nima?
Javob: “Maʼnaviyat” arabcha soʻz boʻlib, “Maʼnolar yigʻindisi”
degan
maʼnoni bildiradi.
“Maʼrifat” soʻzining maʼnosi nima?
Javob: Maʼrifat arabcha soʻz boʻlib, kishilarning ongini,
bilimini,
madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlim va tarbiya yigʻindisi.
“Gʻoya” deganda nimani tushunasiz?
Javob: Gʻoya inson tafakkurida vujudga keladigan,
jamiyat va olamlarni
maqsad sari yetaklayligan fikr.
“Mafkura” deganda nimani tushunasiz?
Javob: Mafkura arabcha soʻz boʻlib, fikrlar majmui degan maʼnoni
bildiradi. Mafkura muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat,
davlatning
manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar
va ularni amalga oshirish
tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: