O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Download 0.51 Mb.
|
2.mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 119 A guruh talabasi Abdunazarov Diyorbek. Akusherlik va Ginekologiya fanidan.
119 A guruh talabasi Abdunazarov Diyorbek. Akusherlik va Ginekologiya fanidan. "Fiziologik chilla davri. Chaqaloqlar fiziologik davri. Ko‘krak bilan boqishning 10 tamoyillari Ko‘krak bezlarni parvarishlash. Homilaning chanoq bilan kelishi, Tug‘ruq biomexanizmi. Lovset va Moris-Smeyil- Veyta usullari, Homilani noto'g'ri sabablari. Tashxislash, Shifokor taktikadi. " mavzusida Qayta topshirish Ishi CHILLA DAVRI FIZIOLOGIYASI VA POTOLOGIYASIDA PARVARISHI REJA: 1. Tug’ruqdan keyingi davr fiziologiyasi 2. Chilla davrini olib borish 3. Yangi tug’ilgan sog’lom chaqaloqlarni baxolash va parvarishlash 4. Tukkan ayollarni ambulator olib borish mezonlari 5. Kelib chikish ehtimoli bo’lgan asoratlar, ularning diagnostikasi 6. Ko’krak bilan oziqlantirish tamoyillari, karshi ko’rsatmalar 7. Ko’krak bilan emizishning rolini ko’rsatish. Chilla davri homilaning tug’ilgan paytidan boshlanib, 6-8 hafta davom etadi. Homiladorlik va tug’ruq munosabati bilan ro’y bergan o’zgarishlarning deyarli hammasi chilla davrida barham topadi. Ayolning jinsiy apparati homiladorlikdan oldingi ahvoliga deyarli batamom qaytadi. Bola emizmaydigan ba’zi ayollar chilla davri tugashi bilan yana hayz ko’ra boshlaydi, emizikli onalar kechroq (ko’pincha emizish davri tugagandan keyin) hayz ko’radi. Emizikli ayollardan faqat ba’zilari tug’ruqdan 6-8 hafta keyin hayz ko’ra boshlaydi Infeksiyaning birlamchi o’chog’i bo’lib bachadon hisoblanadi. Chilladagi septik kasalliklar S. V, Sazonov va A. V. Bartels klassifikatsiyasi bo’yicha yagona jarayon bo’lib quyidagi bosqichlarga bo’linadi: Birinchi bosqich-infeksiya tug’ruq jarohati sohasida chegaralangan bo’ladi (oraliq, qin devori, bachadn bo’ynidagi tug’ruq yarasi, endometrit Ikkinchi bosqich-infeksiya birlamchi o’choqdan tashqari chiqadi, lekin chegaralanganicha qoladi: metrit, metrotromboflebit, parametrit, chanoq venalarining tromboflebiti va son venasining chegaralangan tromboflebiti, pelvioperitonit. Uchinchi bosqich-infeksiya og’irligi jihatidan tarqalgan infeksiyaga yaqin turadi: diffuz peritonit, avj oluvchi tromboflebit. To’rtinchi bosqich-keng tarqalgan infeksiya (umumiy septik kasalliklar): septitsemiya, septikopiemiya, septik shok. Muvaffakiyatli emizish tomon «11 qadam»: 1.Ko’krakbilan emizish buyicha joiy kilingan koidalarga kat’iyan amal kilishi,ularni tibbiy xodimlar va tukan ayollarga muntazam yetkazib turishi. 2.Barcha tibbiy xodimlarni ko’krak bilan emizishni ish jarayoniga tatbik etish borasida zarur bo’lgan kunikmalarga urgatish. 3.Barcha xomilador ayollarni emizishning afzalliklari va kanday emizish kerakligidan xabardor kilish. 4.Bola tug’ilgandan keyin yarim soat ichida emizishni boshlashda onalarga yordam berish. 5.Onalarga kanday emizishni ham da uz farzandi bilan vaqtincha bulla olmagan xolda sut xosil bo’lishini kuvvatlab turishni kursatish. 6.Tibbiy ko’rsatmalardan tashqari xollarda chaqaloqka ona sutidan boshka xech kanday ovqat va ichimlik bermasligi. 7.Onalar va chaqaloqlarning bir palatada tunu kun birga bo’lishini amaliyotga kiritishi. 8.Gudakni rejali emas, balki talabiga kura emizilishini ragbatlantirilishi. 9.Ko’krak bilan emizilayotgan yangi tug’ilgan chaqaloqlarga ona kukragini rad etuvchi xech kanday vositalar va tinchlantiruvchi moddalar(surgich) berilmasligi. 10.Emizishni kullab-kuvvatlovchi guruxlar tuzilishini ragbatlantirishi ham da tug’ruqxonadan yoki shifoxonalardan chiqarilayotgan onalarni shunday guruxlarga yuborishi lozim. 11.KVP,shifoxonalarda ko’krak bilan emizishni targibot kilish,ragbatlantirishni kullab-kuvvatlanadi Ko’krak bilan emizishning afzalliklari: Ona suti- to’laqonli ozuqa Yengil hazm bo’ladi va to’laqonli foydalaniladi Infeksiyadan himoya qiladi Ko’krak bilan emizish hissiy bog’liqlikni ta’minlaydi Onani bevaqt homiladorlikdan saqlaydi Onaning salomatligini saqlaydi Sun’iy arlashmadan arzon turadi. Ko’krak suti bilan boqishga qarshi ko’rsatma: • agar bolalarda galaktozemiya (50000 boladan 1tasida yuzaga chiquvchi kamdan-kam uchraydigan kasallik) yoki fenilketonuriya bo’lsa; • onasi radioaktiv va sitostatik moddalar qabul qilayotgan bo’lsa; • OIV (SPID) bilan zararlangan onalar, havo-tomchi yo’li bilan yuquvchi yuqumli kasalliklar bilan kasallangan onalar (difteriya va atipik pnevmoniyaning og’ir shakli). Chaqaloqlarni toifalar bo’yicha tasniflash, xavf omillarini aniqlash, bu chaqaloqlarni olib borish taktikasini belgilash lozim. Chaqaloqlar quyidagi toifalarga bo’linadi: Muddatiga ko’ra: Xomilalar (22-27 xaftalik) Chala tug’ilgan bolalar(28 - 37 xaftalik) Yetilgan bolalar (37 - 42 xaftalik) Muddatidan o’tgan bolalar (42 xafta va undan ortiq) Vazni bo’yicha; Yirik tug’ilgan chaqaloqlar (4000 g va ortiq) 2500 do 3999 g vaznda tug’ilgan Chaqaloqlar (gestatsiya muddatiga munosib) tug’ilganda kam vaznlilik (1500grammdan - 2499 gacha) tug’ilganda Juda kam vaznlilik( 1000 -1499 gacha) O’ta kam vaznlilik (500 - 999 gacha) Barcha chaqaloqlarni birlamchi ko’rikda Ballard shkalasi bo’yicha yetilganlik darajasini aniqlash maqsadida baxolash va ma’lumotlarni chaqaloqlar rivojlanish tarixigayozib qo’yish kerak. Bola axvolini aniqlash uchun tutilgandan keyin 1 va 5 daqiqalarida Apgar shkalasi bilan baxolanadi, lekin bu jonlantirish muolajalarini bajarish uchun mezon bo’la olmaydi Jadal jonlantirishga muhtoj chaqaloqlarni aniqlash uchun oddiy va tez baxolash tizimini qo’llash kerak, ya’ni nafas olishi va yurak urishiga e’vgibor berish kerak. Chaqaloqlarni bu ikki belgilar bilan baxolash jonlantirish chora tadbirlari xajmini tezda aniqlash imkonini beradi. Jonlantirish chora tadbirlari o’tkazish kerak bo’lib qolishi mumkin (asfiksiyadan tashqari) bo’lgan xolatlarni bilish lozim: MNS faoliyatini susaytiradigan dori darmonlar Jaroxatlar, birinchi navbatda MNS Chalalik, ayniqsa surfaktant yetishmasligi va o’pka to’qimalarining elastikligi kamligi Kamqonlik O’pka ochilishi qiyin bo’lgan yoki nafas yo’llari to’silib qolishiga olib keladigan tug’ma nuqsonlar Og’ir xomila ichi infeksiyalari MNS ning bachadon ichida zararlanishi Asfiksiya bilan tug’ilgan chaqaloklar parvarishi Tug’ruqdan so’ng 30 soniya davomida bola nafas olmasa yoki nafas olishi tartibsiz bo’lsa, agar, va/yoki yurak qisqarishi soni (YuQS) 100 dan kam bo’lsa, unda teri stimulyatsiyasi va nafas yo’llarini tozalash kerak. Bolada mustaqil nafas olish harakati kuzatilmasa sun’iy nafas berishni boshlash kerak va 30- 60 soniyadan so’ng chaqaloq holatini qayta baholash lozim. Agar bolaga jadal jonlantirish muolajalarini o’tkazish zarur bo’lsa, Qindik tizimchasini tezlikda qisib, kesib, bolani jonlantirish stoliga olib o’tish kerak. O’rtacha og’irlikdagi neonatal asfiksiyada bolaning nafasi sekin, tartibsiz, yoki umuman yo’q, YuQS bir daqiqada YuOdan ko’p, mushak tarangligi nisbatan yaxshi, terisi ko’kimtir. Chaqaloqqa niqob orqali qopcha bilan 1-2 daqiqa nafas berib, so’ngra qayta ko’rikdan o’tkazish lozim. Agar chaqaloqning nafas olishi tartibli va YuQS bir daqiqada 120 dan ko’p bo’lsa, go’dakni onasiga berish mumkin. Agar bolaning notekis nafas olishi davom etsa, puls bir daqiqada bOdan kamaysa, yurakni bilvosita uqalash lozim. Nafas olishi notekis, pulsi bir daqiqada 100 dan ko’p bo’lgan oraliq holatlarda esa, go’dakni yana bir necha daqiqa davomida sun’iy nafas oldirib, so’ngra uning holatini qayta baholash lozim. Ko’pincha sun’iy nafas berish uchun, havoli qopcha va niqob ishlatiladi. Ulardan to’g’ri foydalanilganda chaqaloqlarning 85% ida, hatto asfiksiyaning og’ir turlarida ham bu usul bilan havo berishni samarali o’tkazish mumkin. Bunday hollarda boshqa hech qanday muolajalar yoki asbob - uskunalar kerak emas. Qopcha va nisobni qanday to’g’ri ko’yish va ishlapshsh mumkin? Bolani chalqanchasiga yotqizilib, boshi biroz orqaga tashlanadi. Birinchi bir necha puflashga katta bosim (40 -50 sm suv ustuni) talab qilinadi, va davomiyligi kamida 5 soniya bo’ladi. O’pkalar havoga to’lganda, nafas berish osonroq davom etadi, 25-30 sm suv ustuni bosimida va bir daqiqada 40-60 marta bajariladi. Samarasiz puflashning sababi, noto’g’ri puflash, yoki nafas yo’llarining berqilib qolishi mumkin. Yordamchi nafas berishning samaraliligini baholash uchun doimiy ravishda pulsni sanash va har qaysi siklda ko’krak qafasi ekskursiyasini tekshirib turish lozim. Yurak faoliyatining tiklanishi samarali jonlantirish ko’rsatkichidir. Og’ir asfiksiyada chaqaloq hayotining birinchi 30 soniyasida nafas olish harakatlari yo’q, pulsi kamaygan (100 dan kam), mushaklar tarangligi pasaygan, teri rangi oqish yoki kul rangda. Chaqaloqga 1-2 daqiqa davomida niqob orqali qopchadan nafas berishni boshlash kerak va yana holatini qayta baholash kerak. Agar nafas olishi tiklanmasa, yurak qisqarishlari soni 100 tadan ortiqga ko’paysa, yana 3-4 daqiqa davomida nafas berishni davom ettirib, yana holati qayta baholanadi. Agar nafas va YuQS tiklansa, bolani onasiga berish mumkin. Agar 1-2 daqiqadan so’ng nafas olishi tiklanmasa, YuQS soni bOdan kam bo’lsa, unda yurakni bilvosita uqalash va endotraxeal intubatsiya qilish kerak. Agar ushbu muolajalar siz kutgan samarani bermasa, puls meyoriga kelmasa, vazoaktiv dori darmonlar qo’llashni boshlang Endotraxeal intubatsiya boshha usullar samarasiz bo’lgan hollardagina o’tkaziladi. Endotraxeal intubatsiya uchun ko’rsatmalar: 1. Niqob orqali nafas berilganda yurak urish tezligining 1 daqiqada YuOtadan oshmasligi. 2. Amniotik suvlarda quyuq mekoniylar bo’lganda bolaning ikkilamchi apnoe holati, ayniqsa, tug’ruq kesar kesish orqali olib borilganda. 3. Bolada yurak qisqarishining 1 daqiqada bOtadan kamligi va shu sababli yurakni bilvosita uqalash va traxeya ichiga adrenalin yuborish zaruriyati. 4. Bolaning irenatal tashxislangan diafragma churrasi bilan tug’ilishi Qo’shimcha kislorod Uni jonlantirishda beriladi, aslida 50-60% kislorodga to’yingan havo ishlatish lozim. Nazariy tomondan kislorodga to’yingan havoning samaraligi aniqlangan emas. 100 % li kislorodni qo’llash o’pkalar atelaktaziga olib kelishi va zaharli bo’lishi mumkin. Ammo tibbiy muassasalarning ko’pchiligida faqat toza kislorod bo’ladi. Agar faqatgina toza kislorod bor bo’lsa uni faqat sianoz yo’qolguncha ishlating. Shu bilan birga oddiy havo ham, xuddi kislorod bilan to’yingan havo kabi samarali deyishga asosimiz bor, shuning uchun chaqaloqga jonlantirish muolajalari o’tkazilayotganda, va kislorod bo’lmaganda ham, nafas berishni o’tkazishdan voz kechish kerak emas. Vazoaktiv vositalar Agar endotraxeal intubatsiya va yurakni bilvosita uqalash davomida puls me’yoriga kelmasa, metabolik atsidoz to’g’risida tahmin qilish mumkin va miokardni adrenalin (1:10000 nisbatda suyultirilgan 0,1-0.3 mg/kg) yordamida traxeya ichiga yoki Qindik kateteri orqali yuborib, stimulyatsiya qilish kerak. Jonlantirish muolajalarini to’xtatishga ko’rsatmalar Agar 15 dakika davomida adekvat sirkulyatsiyaga erisha olinmasa, jonlantirish muolajalarini to’xtatish lozim. Agar adekvat sirkulyatsiyaga erishilgan bo’lsada, lekin nafas olish harakatlari 30 daqiqa davomida kuzatilmasa, go’dakga nafas berishni davom ettirish va qayta ko’rik uchun intensiv davolash bo’limiga(xonasiga) o’tkaziladi. Chaqaloqni asfiksiyadan keyingi kuzatuv Asfiksiya kechirgan chaqaloqlarda gipoglikemiya va gipotermiya xavfi yuqori bo’ladi. Og’ir asfiksiyani o’tkazgan bolalarda ba’zi a’zolar funksiyasining tranzitor yetishmovchiligi namoyon bo’lishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi, hatto og’ir bo’lmagan asfiksiyadan keyin ham kuzatilishi mumkin, yurak yetishmovchiligi va gipoksik-ishemik ensefalopatiya odatda og’ir asfiksiyadan so’ng kuzatilishi mumkin Chaqaloqlarni asfiksiyadan keyin to’g’ri olib borish o’z ichiga quyidagilarni oladi: bola yotgan xona issiqligini ta’minlash ; erta va tez-tez ko’krak bilan boqishni tashqil etish; ona va bola orasidagi aloqani erta boshlash(teri-teriga); monitor orqali yurak urishi, nafas olishi, agar mumkin bo’lsa, buyrak faoliyati, qand va qondagi kalsiy miqdorini kuzatish; kelgusida bolaning holati, o’sishi va rivojlanishini mukammal kuzatib borish. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling