O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi o’zbekiston respublikasi oliy ta'lim,fan va inovatsiya


Bog’cha va o’quv muassasalarida hamshiraning faoliyati va sanitary oqartuv ishlari


Download 284.73 Kb.
bet6/8
Sana18.10.2023
Hajmi284.73 Kb.
#1708248
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
amaliyot daftar davolash ishi

Bog’cha va o’quv muassasalarida hamshiraning faoliyati va sanitary oqartuv ishlari:
Maktabgacha ta’limva o’quv muassasalarida hamshira faoliyati bilan tanishish, dispanserizastiya xususiyatlari va vazifasini tushunish.
O’quvchi bajarishi kerak:
- dispanserizastiya o’tkazishga tayyorgarlik (malumotlar yig’ish, reja tuzishni);
- o’tkazilgan dispanserizastiyani taxlil qilish va uni baholashni;
- maktabgacha va o’quv muassasalarda hamshiralarning oylik va yillik ish faoliyatini rejalashtirishni;
-xavfsizlik choralarini ko’rish, tibbiy tadbirlar o’tkazish va bolalar kasalliklarini oldini olishni shakllantirishni;
- maktabgacha va o’quv muassasalardagi shifokor, tarbiyachi, oziq-ovqat bo’limidagi ishchilar bilan hamkorlikda ishlashni;
- maktabgacha va o’quv muassasalardagi hamshiralarning kundalik yozuvini tuzish va tekshirishni;
- o’quv muassasalaridagi hamshiraning oylik va yillik ish faoliyatini rejalashtirishni.
Terapiyada hamshiralik parvarishi:
Kasalxona ichi va terapevtik bo’limining sharoiti bilan tanishish va biriktiriladigan bemorni tanlash. Biriktirilgan bemor to’g’risida ma’lumot yig’ish va muammolarini aniqlash, parvarishi rejasini tuzish, tuzilgan reja asosida parvarishni amalga oshirish va kundalik ko’rsatiladigan parvarishni baholash (bemor reaktsiyasini kuzatish). Parvarish rejasini baholash va unga o’zgartirish kiritish.
O’quvchi bajarishi kerak:
- bemor bilan muloqot qilish va salomatligini baholashni;
- kasallik tarixini pasport qismini to‘ldirishni;
- tana haroratini o‘lchashni;
- puls va nafas olishni sanashni;
- arterial bosimni o‘lchashni;
- bemorni kuzatish va baholash natijalarini ro‘yxatga olishni;
- bemor sochini va tirnog‘ini parvarish qilishni.
- batamom tozalik o‘tkazishni;
- kvars lampasini qo‘llash jurnalini yuritishni.
- terapevtik katta yoshdagi bemor va oila a’zolariga yordam ko’rsatish maqsadida o’zaro munosabat ko’nikmalarini qo’llab, hamshira-bemor ishonch munosabatini o’rnatishni;
- katta yoshdagi terapevtik bemorlarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xususiyatlarini tushuntira olishni;
- terapevtik bemorlarni jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatlarini tahlil qilib, hamshiralik jarayonini yuritishni;
- surunkali kasalliklari bor bemorlarga o’z-o’zini parvarish qilishning zarur ko’nikmalarni o’rgatishni.

Download 284.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling