AMALIY MASHG’ULOT №6.
BIOLOGIK MUHIM KARBON KISLOTALAR VA ULARNING FUNKSIONAL
HOSILALARI
O’rganilayotgan mavzuning ahamiyati: Karbon kislotalar va ularning funksional hosilarlarini
o’rganish bioorganik kimyoning juda ko’p bo’limlarini bilishga va biokimyo, farmakologiya
fanlarini chuqur o’zlashtirishga yordam beradi.
Karboksil gruppa saqlovchi ochiq zanjirli, aromatik va geterotsiklik dorivor moddalar aspirin,
salol, novakain, ikkioksibenzoy kislota, vitamin RR, tubozid va boshkalar tirik organizmlar
hayotida katta rol o’ynaydi. Sirka kislotaning ayrim tuzlari kaliy atsetat (CH
3
COOH) siydik
haydovchi vosita, shu kislotaning qo’rg’oshini tuzi – qo’rg’oshin atsetat, qo’rg’oshinli sirka deb
ataladi. Suyultirilgan eritma teri va shilliq pardalar yallig’langanda ishlatiladi. Natriy benzonat
C
6
H
12
COONa balg’am ko’chiruvchi va kuchsiz dezinfektsiyalovchi vosita hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |