O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana07.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1694945
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

DAVLAT QO’MITALARI – (O’zRda) umumdavlat vazifalarni bajaradigan 
sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari 
faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. D.q. tegishli tarmoqdagi ahvol uchun 
mas’ul hisoblanadi. “O’zR Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonuni (1993 y. 6 
may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari D.q. ning huquqiy holatini 
belgilab bergan. 
DAVLAT NAZORATI – davlat organlari chiqaradigan qonunlar va boshqa 
huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlaydigan davlat hokimiyatini amalga 
oshirish shakllaridan biri. Davlat nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda 
nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to’plangan, ammo keyingi o’n yillikda 
ko’pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari, biroq parlament nomidan ish 
yuritadigan nazorat instantsiyalari keng tarqaldi (masalan, ombudsman, hisob 
palatasi), ma’muriy yustitsiya organlarining soni va roli o’sdi.
KO’PPARTIYAVIYLIK – hozirgi demokratik davlatlarda siyosiy hayotni 
tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy printsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy 
plyuralizmni ancha umumiyroq bo’lgan printsipining ifodasi hisoblanadi. K. P. 
printsipi yuridik jihatdan davlat fuqarolarning o’z dunyoqarashlariga muvofiq tarzda 
siyosiy partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldida 
tengligini, ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi.
QONUN – davlat hokimiyatining oliy vakillik organi tomonidan yoki bevosita 
xalqning xohish - irodasiga ko’ra (masalan, referendum o’tkazish yo’li bilan) 
qabul qilingan va qoida tariqasida, eng muxim ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi yuridik hujjat.
QONUN LOYIHASI – qonun chiqaruvchi organga qabul qilish uchun taklif 
qilinayotgan yoki referendumda ko’rishga kiritish uchun tayyorlangan qonunning 
matni. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling