O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana07.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1694945
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

QONUN 
CHIQARUVCHI 
HOKIMIYAT 
– 
bu 
Konstitutsiyada 
mustahkamlangan oliy davlat vakillik idorasining qonunlar qabul qilish, ularni 
o’zgartirish va bekor qilish bo’yicha alohida vakolatlari hisoblanadi. Qonun 
chiqaruvchi hokimiyatning asosiy vazifasi xalqning (jamiyatning) irodasini qonun 
shaklida ifoda etishdir. 
QONUNIYLIK – bu jamiyatdagi barcha huquq sub’ektlari tomonidan qonun va 
qonun osti hujjatlariga to’la rioya qilinishidir.


47 
QONUNNI E’LON QILISH – qonunni ma’lum nashrda bosib chiqarish yo’li 
bilan hammaga ma’lum qilish. Qonunni e’lon qilishning rasmiy va norasmiy turlari 
farqlanadi.
ini oshirishda katta ahamiyatga ega.
FUQAROLIK JAMIYATI – har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy 
an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar 
e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so’zsiz ta’minlanadigan, davlat 
hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, 
insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin
demokratik huquqiy jamiyat. 
HOKIMIYAT VAKILI – davlatning biror bir organining nomidan ish ko’rib, 
muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o’z vakolatlari 
doirasida ko’pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun 
majburiy bo’lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega 
bo’lgan shaxs.
HOKIMIYATLAR BO’LINISHI – davlat nazariyasining asosiy 
printsiplaridan biri bo’lib, unga ko’ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga 
bo’ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi (ular 
bilan bir qatorda ba’zan ta’sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham 
ajratiladi).
HUKUMAT – davlatning oliy kollegial ijro etuvchi organi. Hukumat turli 
mamlakatlarda turlicha nomlanishi mumkin: Vazirlar kengashi (Frantsiya, Italiya, 
Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O’zbekiston), Davlat kengashi 
(XXR) va boshqalar. Hukumat partiyasiz, bir partiyali va koalitsion bo’lishi 
mumkin. Prezidentlik respublikalarida (shunday organ konstitutsiyada nazarda 
tutilganlarida) Hukumatni prezident tuzadi, bunda u tayinlagan Hukumat a’zolaridan 
har biri qator mamlakatlarda (Belarus, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’izistonda) 
parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling