O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Download 114.52 Kb.
bet1/4
Sana30.01.2023
Hajmi114.52 Kb.
#1140398
  1   2   3   4
Bog'liq
doniyor

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

‘’Farmasevtika ishi ” kafedrasi

Farmasevtik texnologiya fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu:Davlat farmakopeyasi.Tarixi.Tuzilishi.Dori turlari texnologiyasida qo`llaniladigan terminlar

Bajardi: Razzoqov Doniyor

Tekshirdi:Jalilov O`tkirbek

Toshkent 2022

Reja: 1. Davlat farmakopeyasi 2.Tarixi 3.Tuzilishi 4. Dori turlari texnologiyasida qo`llaniladigan terminlar


Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 227-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri, birinchi jildi tasdiqlandi.
Davlatimiz rahbariyati tomonidan aholi sog‘lig‘ini saqlash masalalariga alohida eʼtibor berib kelinayotgan bo‘lib, bunda shubhasiz, dori vositalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy farmatsevtika sohasini jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotganligi - farmatsevtika korxonalari soni va salmog‘ini oshib borayotganligi, yangi original dori vositalarini yaratilib, amaliyotga joriy etilishi, dori vositalari muomalasining boshqaruv tizimining takomillashtirilishi va sifat nazoratini kuchaytirilishi va qator boshqa muammoli masalalarni hal etilishida o‘z aksini topmoqda.
Dori vositalarining sifati belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilib, tasdiqlangan standartlar talablariga mosligi bilan baholanadi va u dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarishni tashkil etish, saqlash, tashish va belgilangan usulda qo‘llash jarayonlari ketma-ketligi majmuasida amalga oshirib boriladi.
Davlat farmakopeyasi – dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini belgilovchi zamonaviy talablar jamlanmasidan iborat bo‘lib, u o‘z navbatida, bir tomondan, alohida davlatda farmatsevtika sohasini rivojlanganligi darajasini ko‘rsatuvchi omil bo‘lsa, ikkinchi tomondan, kelgusida shu davlatda dori vositalari sifatini yana-da yaxshilanib, takomillashtirilib borishning asosini ham tashkil qiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda jami 56 ta milliy, 4 ta hududiy va xalqaro farmakopeyalar qayd etilgan. Mavjud bo‘lgan farmakopeyalar tuzilishi, ularda yoritilayotgan maqolalarning qay darajada keng ifodalanishi, standartlarga qo‘yilgan talablar, belgilangan meʼyorlar darajasining turlicha ekanligi bilan farqlanadi.

Download 114.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling