O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya yo`nalishi 3-bosqich 302-a guruh talabasi charos xushvaktovaning sanoat farmatsiyasi fanidan tayyorlagan
Download 0.99 Mb.
|
CHAROS YIG`MALAR KURS ISHI 1
Yig`malar(species)- bu bir necha turdagi dorivor o`simliklarning ezilgan,yanchilgan,maydalangan, kamdam-kam hollarda dori sifatida ishlatiladigan tuzlar va efir moylari bilan hosil qilgan aralashmalaridir. Fizik-kimyoviy xossalariga ko`ra yig`malar erkin dispers sistemalardir, bunda havo dispers muhit, yig`malarning qattiq bo`lakalri esa qattiq dispers faza hisoblanadi. Ko`pgina yig`malar farmatsevtik fabrika va zavodlarda ma’lum bir standartlar asosida tayyorlanadi va dorixonalarga tayyor holda yetkaziladi. XI DF da 13 ta yig`ma turi ko`rsatilgan, hozirgi kunda bu ko`rsatkich yanada oshmoqda. Ayrim yig`malar DF da ko`rsatilmagan bo`lsa ham ulardan xalq tabobatida foydalaniladi. Dorivor yig`malar uy sharoitida ishlatishga qulay dori turlariga kiradi. Ular ma’lum xastalikni davolashga mo`ljallangan bir nechta dorivor o`simliklarning maydalangan qismlari (urug`,barg,meva va h.k.) aralashmasidan iborat bo`ladi. Yig`malar qat’iy dozalarga bo`linmagan dori shakllari hisoblanib, ulardan foydalanishda taxminiy o`lchovlardan foydalaniladi. Masalan, bir osh (choy) qoshiq yig`madan olib, bir stakan(litr) qaynoq suvda damlab kuniga(soatiga) ½ yoki 1/3 stakandan(qoshiqdan) ichiladi va h.k. Shuning uchun ham yig`malar tarkibiga zaharli yoki kuchli ta’sir qiladigan dorivor o`simlik mahsulotlari kiritilmaydi.
Dozalash va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun yig`malar quyidagi turlarga bo`linadi: Dozalanganligi bo`yicha Dozalanmagan(indivisae) Dozalangan(divisae) Tibbiy maqsadlarda ishlatilishi bo`yicha: Tashqi (us usum externum) İchki (us usum internum) Yig`malar ishlatilishiga qarab quyidagicha bo`lishi mumkin: Og`rigan yerga qizdirib(yoki qaynatib) bosiladigan(bog`lanadigan) yig`malar Vanna qilish uchun mo`ljallangan yig`malar. Damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun (iste’mol qilish uchun) yig`malar Chekish uchun tavsiya etilgan yig`malar Farmakologik ta’siri bo`yicha: Tashqi foydalanish uchun. Tomoqni yuvish uchun va h.k. İchki foydalanish uchun. Ko`krak yig`masi – sp. Pectorales, Balg`am ko`chiruvchi-sp.expectorantes; Oshqozon yig`masi- sp.stomachicae; Siydik haydovchi- sp. Diureticae Ter haydovchi-sp.diaphoreticae Surgi-sp.laxantes Vitaminli-sp.vitaminicae İshtahani ochuvchi-sp.amarae Gemorroyga qarshi-sp.antihaemorroidales va b. Ko`rsatilgan yig`malar ilgari dorixonalarda tayyorlangan,ammo bugungi kunga kelib dorixonalarda ko`p miqdordagi o`simlik mahsulotlarini maydalash imkoni bo`lmaganligi sababli, ularni farmatsevtik korxonalarda maydalab,aralashtirib,qadoqlash yo`lga qo`yilgan. Albatta ishlatishga ruxsat berilgan yig`malar tarkibiga kiruvchi barcha dorivor o`simlik mahsulotlari uchun tuzilgan VFM(vaqtinchalik farmakopeya maqolasi) Farmakopeyasi qo`mitasi tomonidan tasdiqlangandan so`ng, maxsus ishlab chiqarish korxonalariga shu dorivor yig`mani qadoqlashga ruxsat beriladi. Tayyor dorivor yig`malar analiz qilingachdorixonaga yuboriladi. Ularning analizi ular tarkibidagi barcha dorivor o`simlik mahsulotlarining chinligi va miqdorini aniqlash, ularni o`zaro nisbati to`g`ri ekanligi hamda yot moddalar va aralashmalar yo`qligini isbotlashdan iborat. Dorivor yig`malar tarkibiga kiradigan mahsulotlarni maydalanganlik darajasi shu yig`ma uchun tuzilgan MTX da ko`rsatilgan bo`ladi. Barglar yer ustki qismi va po`stloqlari qirqiladi, qalin bargli, yirik kukunga aylantiriladi, ildiz va ildizpoyalarni shakli tuzilishiga, o`lchami va qattiqligiga qarab qirqiladi va maydalanadi. Meva va urug`larni tegirmonda maydalanadi, xo`l (yumshoq) mevalar butunligicha olinadi, gullar va gul to`plamlari, savatchalarni butunligicha olinadi yoki maydalanadi. Ammo har doim maydalangan mahsulotni teshigini diametri 0,18 mm bo`lgan elakdan elab, changidan ajratiladi. Agar yig`malar tarkibiga tuzlar kirsa, u holda u tuzdan to`yingan eritma tayyorlanib, uni maydalangan mahsulotni aralashtirib turib purkalib quritilgandan so`ng aralashtiriladi. Efir moylari ham yig`maga spirtli eritma holida (1:10 nisbatda) purkalib aralashtiriladi.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling