O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/273
Sana04.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1746083
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   273
NOJO‗YA TA‘SIRI:  
Bosh aylanishi, bosh og‗rig‗i, charchoqlik hissi, depressiv holatlar, uyquni 
buzilishi, bradikardiya, atrioventrikulyar o‗tkazuvchanlikning buzilishi, arterial 
gipotenziya, oyoq-qo‗llarning sovuq qotishini xis qilish, yurak etishmovchiligi 
belgilarini paydo bo‗lishi. 
Antigipertenziv terapiyaning masalalari: 

Ma‘lum bir bemor uchun optimal yoki maqsadli bo‗lgan QB darajasiga 
erishish <140/90 mm s.u. 

Nishon a‘zolarini shikastlanishini kuchayishini to‗xtatish yoki sekinlashtirish. 

YUrak-qon tomir tizimi tomonidan asoratlarni rivojlanishini bartaraf etish. 
Davolashning asosiy vositalariga AGdan o‗limni va uning asoratlarini 
kamaytirishda o‗zining samaradorligini isbotlagan besh guruh dori vositalari kiradi 
(isbotlash darajasi A): 
- Diuretiklar 
- Beta-adrenoblokatorlar 
- Angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari, 
- Kalsiy antagonistlari 
- Angiotenzin II retseptorlari blokatorlari. 
Ulardan va ularning kombinatsiyalaridan antigipertenziv daolash boshlanadi. 
Birga berish mumkin emas: 
- Diuretiklar va beta-blokatorlarni: ikkala guruh preparatlarini diabetogen ta‘siri 
yuqori bo‗lgani uchun; 
- Kaliy saqlovchi diuretiklar va angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari 
yoki angiotenzin II retseptorlari blokatorlari: giperkaliemiya rivojlanishi mumkin; 
- Beta-blokatorlar va nodigidropiridin qatordagi kalsiy antagonistlari (verapamil, 
diltiazem): bradikardiya, atrioventrikulyar qamal rivojlanish ehtimolligi oshishi
miokardning qisqarish xossasi kamayishi mumkin; 
- Alfa-blokatorlar digidropiridin qatordagi kalsiy antagonistlari: birinchidan 
renin-angiotenzin tizimini faolligini oshiradi, davolashga tez turg‗unlik hosil 
bo‗ladi, ikkinchidan reflektor taxikardiya rivojlanishi hisobiga miokardni kislorodga 
bo‗lgan talabi oshishi mumkin va stenokardiya hurujlari ko‗payishi mumkin. 
- Angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari 
blokatorlari birga berish mumkin emas, chunki giprekaliemiya va surunkali buyrak 
etishmovchiligini oshirishi mumkin. 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling