272
12- LABORATOTIYA MASHG`ULOTI. MINERALIZATDAN MISHYAK
KATIONINI ANIQLASH.AMALDA VAZIYATLI MASALANI YECHISH.
Mishyak kationini Zanger-Blek usulida aniqlash.
2 ml mineralizatni Zanger-Blek moslamasiga quyib ustiga 10
ml sulfat
kislotasining 4 n eritmasi, 5 ml suv va 1 ml qalay (II)
xloridning kontsentrlangan
sulfat kislotasidagi 10% eritmasi hamda 2 g usti mis bilan qoplangan rux bo‘laklari
tushiriladi va moslama tiqin bilan berkitiladi(2-rasm). Moslama boshlang‘ich
qismga qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi shimdirilgan paxta, so‘ngra simob (II)
bromid
(yoki xlorid) eritmasi shimdirilgan filtr qog‘ozi joylashtirilib, 30-40 daqiqaga qo‘yib
qo‘yiladi. Mineralizat tarkibida mishyak kationi bo‘lgan holda filtr qog‘oz mish‘yak
kationi miqdoriga qarab sariq rangdan qo‘ng‘ir ranggacha bo‘yaladi. Reatsiya
kimyoviy tenglamasini yozing.
Reatsiya chiqmagan holda tekshiruv to‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: