O‘zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi pedagogika


Download 337.73 Kb.
bet44/54
Sana03.08.2023
Hajmi337.73 Kb.
#1665052
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent fa-fayllar.org

Tayanch tushunchalar: Pedagogik texnologiya, konseptual, tizimlilik, ishonchlilik, local, molulli, hususiy.

Pedagogik texnologiya – 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani echishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o‘zaro bog’langan harakatlari tizimidir; 2) ta’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to‘plamini qo‘llash bilan bog’liq bo‘lgan pedagogning uzluksiz, o‘zaro shartlangan harakatlari tizimidir; 3) pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qat’iy ilmiy loyihalashtirilgan pedagogik harakat; 4) ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o‘zaro hamkorligi asosida o‘qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo‘llash hamda belgilashning tizimli metodidir. XX asrning 20-yillarida “ta’lim texnologiyasi” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha adabiyotlarda tilga olingan. Shu vaqtning o‘zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik ensiklopediyada 30-yillarda o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish mahoratlari ham kiritilgan.O‘tgan asrning 40–50 yillarida, o‘qitish - o‘quv jarayonlariga texnik vositalarni tatbiq etish boshlanganida, “ta’lim texnologiyasi” termini ommalashdi va u keyingi yillar davomida “pedagogik texnologiyaga” aylantirildi. Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B. Blum, J. Кeroll, P.Ya. Galperin, V.I. Davidov, N.A. Menchinskaya, Z.I. Кalmi­kova, L.I. Zankov texnologiyalari mashhur. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P. Bespalko, N.F. Talizina, L.M. Fridman, Yu.N. Кulyutkina, G.S. Suxobskoy, T.V. Кudryavtsev, A.M. Matyush-kin, M.I. Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluq­lidir.MDHga kiruvchi mamlakatlar olimlari ichida pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga olib kirish zarurligini birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P.Bespalkoning fikricha, pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi mahoratiga bog'liq bo‘lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafoladay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihsidir.
Rossiya olimlaridan Y.M. Monaxov: “Pedagogik texnologiya - avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib borilishi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir”, degan qisqacha ta'rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e'tiborni qaratadi.
“Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg'unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod etiladi”, deydi. M. V. Klarin fikricha, pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonida texnologik yondoshgan xolda, oldindan belgilab olingan maqsad ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini loyihalashdir.
Y.P. Bespalkoning o‘zbekistonlik shogirdlaridan Nurali Saydahmedov va Abdurahmon Ochilovlaring fikricha, pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. O‘.Q.Tolipovning fikricha, “Pedagogik texnologiya – vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta'minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizim”.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan shakllantirilgan “O‘qitish metodlari va pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish” ..... ijodiy guruhining ta'rifi bo‘yicha. “Pedagogik texnologiya – ta’lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, demokratik hamda takrorlanuvchan o‘qish natijalarini kafolatlaydigan ta'lim jarayonini loyihalash, amalga oshirish va baholashning tizimiy metodikasi”. Bu ta'riflarni xorijda berilgan ta'riflar bilan solishtirib ko‘rish uchun yagona pedagog olimi T.Sakomoto bergan ta'rifni keltiramiz: “Pedagogik texnologiya - bu muammoli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuaga keltirishdir”.
Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YUNESKOning ta'rifi bo‘yicha, “Pedagogik texnologiya - bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resruslarini o‘zaro uzviy bog'liq holda ko‘rib, botun ta'lim jarayonini loyihalashda va amalda qo‘llashda majmuiy yondashuv tamoyilidan foydalanishdir”. AQSH va Germaniya olimlarining pedagogik texnologiyaga bergan ta'rifi YUNESKO bergan ta'rifga yaqin keladi. Keltirilgan ta'riflarni ilmiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak uzoq xorijda berilgan ta'riflar bilan MDH mamlakatlari olimlarining bergan ta'riflari bir-biriga yaqin kelsada lekin farqi ham anchaligini ko‘ramiz. Jumladan, Sakomoto, YUNESKO va boshqa xorijiy mamlakatlarda berilgan ta'riflarda majmuiy yondashuv tamoyiliga alohida urg'u berilgan. MDH olimlarining pedagogik texnologiyaga bergan ta'riflarida majmuiy yondashuv eslatib o‘tilmaydi ham. Bunga izohning hojati bo‘lmasa kerak. Haqiqatda esa, obyektiv borliqqa majmuiy yondashuv tamoyilini yaxshi bilgan kishiga, Sakomoto aytganidek, “Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini muayyan bir majmuaga keltirishdir”, degan tushuncha kifoya qiladi. Bu tushuncha orqali pedagogik texnologiyaning boshqa hamma xususiyatlarini, ya'ni maqsadga yo‘naltirilganligini, bir necha o‘zaro uzviy bog'liq bo‘lgan qismlardan tashkil topganligini va boshqalarni anglab olsa bo‘ladi. Chunki bu xususiyatlarning hammasi, majmualar nazariyasiga binoan, majmu deb nom olgan narsa va hodisalaming ajralmas sifatlaridir.
Pedagogik texnologiyalarni boshqa texnologiyalardan farqlay bilishda, tushunchalarning mohiyatiga ahamiyat berishimiz darkordir. Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir.

Download 337.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling